Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Diqqat, tender!

Yangilangan sana: 29 Aprel 2026, 17:34
Chop etish sanasi: 29.04.2026 y.
Muddat: gacha: 11:00   12.05.2026 y.
Ko'rishlar: 14

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlar uchun “teambuilding” tadbirlarini o‘tkazish maqsadida dam olish maskanini tanlash bo‘yicha tender e’lon qiladi.

  1. Tenderning maqsadi – jamoaviy hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgan korporativ tadbirlarni o‘tkazish uchun Toshkent viloyatida qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlaydigan maskanni tanlashdir.
  2. Ma’qul ko‘riladigan joylashuv

Quyidagi hududlarda joylashgan obyektlar ko‘rib chiqiladi:

  • Chorvoq va uning sohilbo‘yi hududlari
  • Bo‘stonliq tumani (tog‘ kurortlari bilan birga)
  • Chimyon
  • Toshkent shahridan 100-120 km radiusgacha bo‘lgan boshqa shahar tashqarisidagi hududlar.
  1. Maskan uchun asosiy talablar:
  • “Teambuilding” uchun ochiq maydonchalarning mavjudligi
  • Yopiq zal (ob-havo noqulay kelgan holatlar uchun)
  • Dam olish hududlari
  • Ovqatlanish: to‘liq pansion asosida
  • Xonalar va kottejlarga to‘liq joylashtirish (bank xodimlari tomonidan)
  • Korporativ tadbirlar o‘tkazish tajribasi
  • Sport va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar (dorbozlar parki, kvadrosikllar, suv mashg‘ulotlari)
  • Texnik jihozlar (ovoz kuchaytirgich, proyektor, sahna)

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Batafsil smetali tijorat taklifi.
  • Infratuzilma va xizmatlar tavsifi
  • Maskan foto va videomateriallari
  • Ish tajribasi va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa)

Tijorat takliflari 2026-yil 12-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 gacha quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy. Hujjatlar muhrlangan va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan konvertlarda taqdim etilishi shart.

Ma’lumot uchun telefon: (99871) 207-36-44




Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech