Qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida qimmatli qog‘ozlar bozorida quyidagi turdagi faoliyatlarni amalga oshiradi:
Emissiyaviy faoliyat
Bank emissiyaviy faoliyati davomida o‘z oldiga ustav kapitalini oshirish hamda aholining va tadbirkorlik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish maqsadida qo‘yidagi qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi:
- Aksiya;
- Korporativ obligatsiyalar;
- Depozit va omonat sertifikatlari.
Mazkur qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larini ishonchli va likvid aktivlarga joylashtirish imkoniyatini beradi.
Investitsiyaviy (sarmoyaviy) faoliyat
Bank emission faoliyatdan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozori elementlaridan foydalangan holda investitsion faoliyatni daromad olish maqsadida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradi:
• Iqtisodiy barqaror sanoat korxonalari va tijorat banklarining qarz qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish va yuridik shaxslar ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;
• Yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya qilishga doir maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Bundan tashqari Bank xodimlari tomonidan moliya bozoridagi har qanday manfaatli takliflar atroflicha o‘rganib chiqiladi.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Toshkent” Respublika fond birjasining a’zosi hisoblanadi. Bank aksiyalari fond birjasining eng yuqori “A” listingidan joy olgan.
Sizni qiziqtirgan savollar, turli investitsiya faoliyatiga doir takliflar va batafsil ma’lumotlarni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasidan qo‘yidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
Телефон: (998 95) 198-41-09. Факс: (998 71) 244-76-61.