Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank tarixi

Yangilangan sana: ...
Picture

“Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingini bank tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi

2022-yil 16-noyabr kuni “Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingini bank tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi.

16 Noy 2022 y.
Picture

“Trastbank” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi

“Trastbank” ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ushbu sertifikatga ega bo‘ldi. Bugun xalqaro ekspertlar tomonidan Bank rahbariyatiga mazkur sertifikat topshirildi.

18 Fev 2022 y.
Picture

“Fitch” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingi “B” darajasida ekanligini tasdiqladi

2021-yil 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida ekanligini qayta tasdiqladi.

25 Noy 2021 y.
Picture

2021-yil – Buxoro filialining ochilishi

2021-yilning 3-martida bankning Buxoro filiali ochildi


3 Mar 2021 y.
Picture

2021-yil - "Mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yil tanlovi — 2020" marosimida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “2020-yilda mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi deya eʼtirof etildi.

8 Yan 2021 y.
Picture

2020-yil - Bosh bitim imzolandi

“Trastbank” va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida 30 mln. Yevro miqdorida Bosh kredit kelishuvi imzolandi.

23 Dek 2020 y.
Picture

2020-yil - Hadlangan kredit bitimi imzolandi

2020-yilning 11-avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Davlat ixtisoslashtirilgan Rossiya Eksport-import banki (REM guruhiga kiruvchi Roseksimbank) o‘rtasida “Trastbank” XABga qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli moliyaviy resurslar ajratishga doir Hadlangan kredit bitimi imzolandi.

11 Avg 2020 y.
Picture

2020 yil - Bitim imzolandi

2020 yilning 29 iyulida “Trastbank” XAB va Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) a’zosi bo‘lgan Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida umumiy qiymati 8 mln. AQSh dollari miqdorida “Savdoni moliyalashtirish liniyasi”ni ajratish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

29 Iyul 2020 y.
Picture

2020 yil - “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib “Ijobiy” reytingga ega bo‘ldi

Joriy yilning 18 iyun kuni Osiyo kredit reytinglari agentligi assotsiatsiyasi a’zosi - «Ahbor–Reyting» reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga 2019 yil yakuni bo‘yicha milliy shkalada «uzA+» juda yuqori «Ijobiy» prognozli kredit reytingini taqdim etdi. 

18 Iyun 2020 y.
Picture

2020 yil - Termiz filialining yangi binosining ochilishi

2020 yilning 2 mart kuni bankning Termiz filialining yangi binosi ochildi.

2 Mar 2020 y.
Picture

2019 yil - Memorandum imzolandi

2019 yil 10 iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

10 Iyun 2019 y.
Picture

2018-yil - ISO 9001: 2015 Sifat sertifikatiga muvofiq deb topildi

Joriy yilning 29-dekabr kuni Sertifikatlashtirish uyushmasining «Russian Register» (Rossiya) xalqaro sertifikatlash organi auditorlari guruhining yakuniy yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, “Trastbank xususiy aksiyadorlik bankiga Sifat Menedjmenti Boshqaruv Tizimi (RVI, IAF) talablariga javob beradigan ISO 9001: 2015 sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

29 Dek 2018 y.
Picture

2018 yil - Bitim imzolandi

2018 yilning 12 noyabrida “Trastbank” XAB va Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) a’zosi bo‘lgan Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida umumiy qiymati 4 mln. AQSh dollari miqdorida “Savdoni moliyalashtirish liniyasi”ni ajratish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

12 Noy 2018 y.
Picture

2018 yil - Bitim imzolandi

2018 yilning 9 iyulida «Trastbank» XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risidagi Bitimi imzolandi.

9 Iyul 2018 y.
Picture

2018 yil - Jizzax filialining ochilishi

2018 yilning 6 iyunida bankning Jizzax filiali ochildi

6 Iyun 2018 y.
Picture

2018 yil - "Yilning eng faol emitenti"

“Toshkent” respublika fond birjasi savdo aylanmasi bo‘yicha "Trastbank"ni 2017 yilning “Eng faol emitenti" nominatsiyasi g‘olibi deb topdi

21 Fev 2018 y.
Picture

2018 yil - “Fitch Raitings” bank reytingini tasdiqladi

2018 yil yanvarda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi, defolt emitentida (RDE), uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasida tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V ” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada tasdiqladi. 

29 Yan 2018 y.
Picture

2017 yil - O‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi

2017 yilning 16 noyabrida “Trastbank” XAB va "Commerzbank" (Germaniya) o‘rtasida O‘zaro kelishuv Memorandumini imzoladi

16 Noy 2017 y.
Picture

2017 yil - Hamkorlik Memorandumi imzolandi

2017 yilning 14 noyabrida «Trastbank» XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) o‘rtasida O‘zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

14 Noy 2017 y.
Picture

2017 yil - Bosh bitim imzolandi

2017 yilning 10 noyabrida “Trastbank” XAB va “Transkapitalbank” AJ o‘rtasida Bosh bitim imzolandi.

10 Noy 2017 y.
Picture

2017 yil - Hamkorlik Memorandumi imzolandi

2017 yilning 10 noyabrida «Trastbank» XAB va «Promsvyazbank» AJ o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

10 Noy 2017 y.
Picture

2017 yil - Bank litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 21 oktabrdagi 28/12-qaroriga muvofiq, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi almashtirildi (2017 yil 21 oktabrdagi 44-sonli)

21 Okt 2017 y.
Picture

2017 yil – Mukofotga sazovor deb topildi

2016 yil yakunlari bo‘yicha aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

4 Fev 2017 y.
Picture

2017 yil - Reytingi oshdi

2017 yil 31 yanvarda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi, defolta emitentida (RDE), uzoq muddatli reytinglarini “V” darajaga oshirdi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V ” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada tasdiqladi.

31 Yan 2017 y.
Picture

2017 yil - Reytingi oshdi

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2017 yil yanvar oyida 2016 yilning IV choragi natijalari bo‘yicha ”Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan “uzA+” darajadasida yangiladi. 

2 Yan 2017 y.
Picture

2016 yil - “BankExpo-2016”

2016 yil aprel oyi “BankExpo-2016” ko‘rgazmasining “Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

14 Apr 2016 y.
Picture

2015 yil - “Trastbank” XAB va “Trast-Leasing” hamkorlikdagi taqdimoti

XAB “Trastbank” va “Trast- Leasing” kompaniyalari rahbarlari o‘z moliyaviy institutlarining mamlakatimiz bozoridagi faoliyati haqida taqdimot marosimini o‘tkazdilar

2 Dek 2015 y.
Picture

2015 yil - Bank litsenziyasi almashtirildi

2015 yilning 22 iyunida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik birja bankining nomi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zgartirildi.

22 Iyun 2015 y.
Picture

2015 yil - «BankExpo-2015»

BankExpo-2015 yillik ko‘rgazmasi doirasida «Trastbank» XABB - «Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi bank» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

16 Mar 2015 y.
Picture

2014 yil - Bank litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

2014 yilning 21 avgustida xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki nomi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik birja bankiga o‘zgartirildi.

21 Avg 2014 y.
Picture

2014 yil – Farg‘ona filialining ochilishi

2014 yilning 18 avgustida bankning hududiy Farg‘ona filiali ochildi.

18 Avg 2014 y.
Picture

2014 yil - Mukofotga sazovor deb topildi

2014 yil avgust oyida Germaniyaning (“Kommersbank”) “Commerzbank AG” banki “Trastbank” XOABB “For Excellent Partnership in the year 2013” sovriniga loyiq ekanini e’tirof etdi 

1 Avg 2014 y.
Picture

2014 yil - Bankning 20 yilligi

2014 yilning 21 iyunida bank o‘zining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatining 20 yilligini nishonladi. 2014 yil “Trastbank”ning oydin yo‘li” esdalik kitobi chop etildi.

21 Iyun 2014 y.
Picture

2014 yil - «BankExpo-2014»

2014 yil aprel oyi “BankExpo-2014” ko‘rgazmasining “Eng yaxshi reklama kompaniyasi” va “Hududlarda faoliyatini kengaytirayotgan eng yaxshi bank” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. 2014 yil 21 may kuni, Toshkent VII Xalqaro investitsiyaviy – moliyaviy forum doirasida sug‘urta tarmog‘ida “Oltin soyabon”, shuningdek bank ishi hamda lizing faoliyati sohasida ta’sis etilgan “Oltin portfel” jamoatchilik mukofotlarini oldi.

10 Apr 2014 y.
Picture

2013 yil – Filialning ochilishi

2013 yilning 5 sentabrida Qashqadaryo viloyatida bankning mintaqaviy Qarshi filiali ish boshladi.

5 Sen 2013 y.
Picture

2013 yil - “BankExpo-2013”

2013 yil aprel oyi “BankExpo-2013” ko‘rgazmasining “Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

11 Apr 2013 y.
Picture

2013 yil – Mukofotga sazovor deb topildi

2013 yil aprel oyi VI Toshkent xalqaro investitsiyaviy – moliya forumida “Eng yaxshi xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. 2013 yilning yanvar oyida respublika tijorat banklari o‘rtasida 2012 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

23 Yan 2013 y.
Picture

2012 yil - Huquqiy bazasi mustahkamlandi

2012 yilda O‘zbekiston Respublikasining "Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunining qabul qilinishi "Trastbank" xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki faoliyati rivojlanishining yanada yangi bosqichi boshlanishida huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

17 Dek 2012 y.
Picture

2012 yil – Reytingi oshdi

2012 yil 9 sentabrda “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan “Trastbank” XOABB 2012 yilning III choragi yakuniga binoan kredit reytingini “Barqaror” prognoz bilan milliy shkala bo‘yicha “uzA” darajada baholadi.

9 Noy 2012 y.
Picture

2012 yil – Filiallarning ochilishi

2012 yilning 22 iyulida bankning mintaqaviy Samarqand filiali ochildi. 2012 yilning 27 avgustida bankning Yakkasaroy filiali ish faoliyatini boshladi.

22 Iyun 2012 y.
Picture

2012 yil – Filialning nomi o‘zgardi

2012 yilning 18 mayida “Poytaxt” filiali nomi “Darxon” deb ataldi hamda manzili o‘zgartirildi. Shuningdek, uning binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun xalqaro standartlar darajasida jihozlangan depozitar yacheykalardan foydalanish imkoni yaratildi.

18 May 2012 y.
Picture

2012 yil – Yangi tizim joriy qilindi

2012 yilda jismoniy shaxslar uchun “Internet-bank” yangi xizmat ko‘rsatish xizmati ishga tushirildi va bankning bu mahsuloti "Trast-onlayn" nomi bilan ataldi.

3 Yan 2012 y.
Picture

2011 yil – Reytingi oshdi

2011 yilning iyun oyida “Fitch Raitings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XOABB faoliyati reyting bahosini “V-” darajada e’tirof etdi, istiqbolini “Barqaror” deb qayta tasdiqladi.

3 Iyun 2011 y.
Picture

2011 yil - “BankExpo - 2011”

2011 yilda «Trastbank» XOABB «BANKEXPO-2011» yillik milliy ko‘rgazmasida O‘zbekiston Banklari orasida «Eng innovatsion mahsulot» nominatsiyasi bo‘yicha oliy mukofotni qo‘lga kiritdi.

13 Apr 2011 y.
Picture

2011 yil - Sho‘ba korxonasining ochilishi

2011 yilda «Trast Leasing» MChJ sho‘ba korxonasi tashkil etildi. 

7 Fev 2011 y.
Picture

2011 yil - Pul o‘tkazmalari

2011 yildan boshlab bank «Bistraya Pochta» va «Aziya Ekspress» tizimi doirasida pul o‘tkazmalarini amalga oshira boshladi.

1 Yan 2011 y.
Picture

2010 yil - Andijon filialining ochilishi

2010 yilda Andijon viloyatida Andijon filiali ish faoliyatini boshladi.

7 Dek 2010 y.
Picture

2010 yil - "BANKEXPO-2010"

2010 yilda «Trastbank» XOABB «BANKEXPO-2010» yillik milliy ko‘rgazmasida O‘zbekiston Banklari orasida «Axborot texnologiyalarini faol qo‘llash» nominatsiyasi bo‘yicha oliy mukofotni qo‘lga kiritdi.

12 Apr 2010 y.
Picture

2010 yil - Pul o‘tkazmalari

2010 yildan boshlab Bank «Lider» xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul o‘tkazish amaliyotlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. 

1 Yan 2010 y.
Picture

2009 yil - Birinchi mintaqaviy filiallarning ochilishi

2009 yilda Namangan va Surxondaryo viloyatlarida birinchi mintaqaviy Namangan filiali hamda Termiz filiali ochildi.

16 Okt 2009 y.
Picture

2009 yil - «BANKEXPO-2009»

2009 yilda «Trastbank» XABB «BANKEXPO-2009» yillik milliy ko‘rgazmasida O‘zbekiston Banklari orasida «Eng yaxshi reklama uchun» nominatsiyasi bo‘yicha oliy mukofotni qo‘lga kiritdi.2016 yil aprel oyi “BankExpo-2016” ko‘rgazmasining “Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

13 Apr 2009 y.
Picture

2009 yil – Diling tizimi

2009 yilda «Trastbank» XABB “REUTERS” xalqaro diling tizimiga qo‘shildi. 

1 Yan 2009 y.
Picture

2008 yil – Pul o‘tkazmalari

2008 yilda yuridik shaxslar uchun «Internet-Banking» tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi. 2008 yilda bank VISA International to‘lovlar tizimiga a’zolikka qabul qilindi, shuningdek, «Zolotaya Korona» hamda «Migom» pul o‘tkazmalari tizimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

1 Yan 2008 y.
Picture

2008 yil – Xalqaro plastik kartalari muomalaga chiqarildi

«Trastbank» XOABB VISA International to‘lov tizimi a’zoligiga qabul qilindi va bankning VISA Electron, VISA Classic, VISA Business, VISA Gold kredit kartalarini chiqardi.

1 Yan 2008 y.
Picture

2007 yil - Bank litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

2007 yil 13 iyulda «Trastbank» aksiyadorlik birja bankining nomini «Trastbank» xususiy ochiq aksiyadorlik birja bankiga o‘zgarganligi munosabati bilan unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya va chet el operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziya blanklari almashtirib berildi.

13 Iyul 2007 y.
Picture

2007 yil – Reytingi oshdi

2007 yilda «Trastbank» XABB depozit bazasi hajmiga ko‘ra respublikamizning birinchi o‘ntalik eng yirik banklari safiga kiritildi. Bank to‘g‘risida Bankers Almanac xalqaro biznes-ma’lumotnomasida ma’lumot nashr qilindi.
2007 yildan «Trastbank» XABB «Coinstar» tizimi doirasida pul o‘tkazmalarini amalga oshira boshladi. Banklararo «Axbor-Reyting» reyting agentligi “Trastbank” XABBning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini "uzB ++" baholadi va “Trastbank” XABB depozit bazasi hajmi bo‘yicha respublikaning eng yaxshi o‘nta yirik banklari qatoriga kirganligini ma’lum qildi.

1 Yan 2007 y.
Picture

2006 yil – Bank litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

2006 yil 12 mayida «Trastbank» aksiyadorlik birja bankining nomini «Trastbank» xususiy aksiyadorlik birja bankiga o‘zgarganligi munosabati bilan unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya va chet el operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziya blanklari almashtirib berildi.

12 May 2006 y.
Picture

2006 yil – MDH hududidagi eng yirik bank

2006 yilda «Trastbank» ABB MDH mamlakatlarining 1000 ta eng yirik banklari ro‘yxatiga kiritildi. (Iqtisodiy-tahliliy Interfaks markazi ma’lumotlariga ko‘ra). Shuningdek, “Trastbank” ABB respublikadagi 10 ta yirik banklari qatoriga kirib, jumladan, aktivlar va rentabelligi sifati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. (banklararo reyting kompaniyasi “Axbor-reyting” ma’lumotiga ko‘ra).

1 Yan 2006 y.
Picture

2005 yil - Pul o‘tkazmalari

2005 yildan bank SWIFT tizimiga ulandi, «Unistream», «Xpress Money», «Contact» pul o‘tkazmalari tizimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. American Express Bank (Nyu-York, AQSh) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib korrespondentlik hisobvaraqlari ochildi.

3 Yan 2005 y.
Picture

2005 yil – Osiyo bankirlar Assotsiatsiyasiga a’zolik

2005 yilda bank Osiyo Bankirlar Assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi.

1 Yan 2005 y.
Picture

2004 yil – Plastik karta

2004 yilda «Trastbank» aksiyadorlik birja banki o‘zining birinchi so‘m plastik kartochkalarini muomalaga chiqardi.

1 Yan 2004 y.
Picture

2002 yil - Fond a’zoligiga qabul qilindi

2002 yilda aholining banklardagi omonatlarini himoyalashning ishonchli va samarali mexanizmi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi doirasida fond tashkil etildi. "Trastbank" unga a’zo bo‘ldi.

1 Apr 2002 y.
Picture

2002 yil - Pul o‘tkazmalari

2002 yildan boshlab Bank «Western Union» tizimi doirasida xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni boshladi.

1 Yan 2002 y.
Picture

1999 yil – “Poytaxt” filiali ochildi

1999 yilning 26 oktabr kuni bankning ikkinchi «Poytaxt» filiali ochildi.

26 Okt 1999 y.
Picture

1998 yil – “Bank-Mijoz”

1998 yilda bank va mijoz o‘rtasida fayl almashuvi bo‘yicha «Bank – Mijoz» dasturiy majmuasi ishga tushirildi. 

1 Yan 1998 y.
Picture

1998 yil – Mukofotga sazovor deb topildi

1998 yilda «Trastbank» ABB islohotchilik g‘oyalari uchun Fransiya sanoatga ko‘maklashish Assotsiatsiyasining «Oltin medal» faxriy Yevropa mukofoti sohibi deb e’tirof etildi. Parijda sazovor bo‘lingan «Oltin medal» nishoni – Fransiyaning Xalqaro hamkorlikning oliy maqom instituti, Sanoat sohasi strategik yo‘nalishlar instituti va Tashqi savdoning oliy maqom instituti tomonidan ta’sis e’tilgan. Oltin nishon - sanoat, iqtisodiyot, savdo-sotiq, ilm-fan va san’at sohasidagi ulkan samara jamoatchilik tomonidan erishilgan muvaffaqiyatlarni e’tirof etish ramzi hisoblanadi.

1 Yan 1998 y.
Picture

1997 yil – Bankning birinchi filiali ish boshladi

1997 yilning 23 aprelidan Bankning birinchi «Toshkent» filiali ochildi. Shahrimizning aholisi gavjum Chilonzor tumanida tashkil etilgan filialimizga yaxshi tilaklar bilan serquyosh poytaxtimiz nomi berildi.

23 Apr 1997 y.
Picture

1996 yil – Litsenziya berildi

1996 yil 3 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 54-sonli kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi.

3 Iyun 1996 y.
Picture

1996 yil - Litsenziya berildi

1996 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 36-sonli Bosh litsenziyasiga muvofiq xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi.

24 May 1996 y.
Picture

1994 yil - Bankning Amaliyot boshqarmasi ish boshladi

1994 yilning 19 iyulidan "Trastbank" ABBning Amaliyot boshqarmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

19 Iyul 1994 y.
Picture

1994 yil - Litsenziya berildi

1994 yil 21 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 44-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi.

21 Iyun 1994 y.
Picture

1994 yil - Bankning tashkil etilishi

1994 yilda tashkil etilgan «Trastbank» aksiyadorlik birja banki O‘zbekiston Respublikasidagi eng etakchi banklaridan biri bo‘lib, u o‘z mijozlariga barcha turdagi keng ko‘lamli bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bank tarixi mustaqillik yillarida respublikamiz bank sektorining muntazam rivojlanish sur’atlarini aks ettiradi.

2 Fev 1994 y.
 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech