Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bankning asosiy vazifasi

Bizning maqsadimiz – zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish borasida eng yaxshi bo‘lish.

Bizning vazifamiz – miqdoriy o‘sishlardan sifat o‘zgarishlariga o‘tish.

Mijoz – bankning asosiy boyligi.

Biz doimo o‘z mijozlarimiz uchun va mijozlarimiz bilan birga ishlaymiz, ularga hamkorlikning yangi imkoniyatlarini taqdim etamiz. Biz mijoz va bankning hamkorlik munosabatlari hamda o‘zaro ishonchi – umumfarovonlik va taraqqiyot garovi deb hisoblaymiz.

Ishonch – bizning kapital!

Mijozlarimizning kapitalini ko‘payishiga ko‘maklashish – bizning kasbimiz hamda daromadlarimiz manbaidir.

Bank o‘z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshirmoqda:

Tiniqlik va aniqlik

Ish faoliyatimizning bosh mezonlaridan biri bo‘lgan benuqson biznes obro‘ni qadrlagan holda bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirmoqda, aksionerlar, hamkorlar va mijozlar oldidagi barcha majburiyatlarini vijdonan, o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis ado etmokda. Biz doimo bankda sodir bo‘layotgan muhim voqealar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Bizning axboriy ochiqligimiz – bankimizga mijozlar va hamkorlarning yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.

O‘zaro ishonch

Biz o‘z mijozlarimizni bank biznesini rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bizga bo‘lgan ishonchini qadrlaymiz, hamda o‘z munosabatlarimizni o‘zaro ikki tomonlama foydali sharoitlarda mustahkamlaymiz.

Professionallik

Bank xodimlari – yuqori malakali mutaxassislar. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o‘z xodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaratadi, ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi to‘g‘risida qayg‘uradi. Bu esa jamoaning yanada uyushqoqligiga, korporativ qadriyatlarga sodiq bo‘lishiga xizmat qiladi, har bir bank xodimining individual qobiliyatlarini kashf qilish va namoyon etish uchun qulay muhit yaratadi. Professonallik hamda o‘zaro bir–birini tushunish bizning jamoamizda yuqori sifatli bank xizmatlari hamda bankka bo‘lgan ishonch garovidir.

Novatorlik

Bank nafaqat milliy va xorijiy biznesning to‘plangan tajriba va bilimlaridan, shu bilan birga o‘z mijozlarga o‘z vaqtida hamda sifatli xizmat ko‘rsatish borasida erishgan yutuqlaridan ham foydalanadi.

Biz innovatsion moliyaviy mahsulotlar sohasidagi to‘plangan barcha imkoniyatlarni samarali qo‘llagan holda ularni faoliyatimizda tatbiq etishga intilamiz.

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9350.00
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech