Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Eksport-import operatsiyalari

Yangilangan sana: ...

Tashqi iqtisodiy faoliyat

“Trastbank” XAB mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlarining to‘liq majmuasini ko‘rsatishga katta e’tibor qaratadi. Bank doimiy ravishda mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlarini kengaytirib boradi va shu bilan birga ushbu sohadagi yangiliklarni amaliyotga joriy etadi.

Bank mijozlari – tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari – zamonaviy hisob-kitob instrumentlari hamda texnologiyalar vositasida xorijiy hamkorlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga egadirlar. Bankning malakali mutaxassislari ularga xorijiy valyutadagi bitimlarni amalga oshirishning har qanday bosqichida o‘z maslahatlarni berib boradilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi amaldagi qonunosti me’yoriy hujjatlarga muvofiq, bank quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:

Eksport-import operatsiyalarini monitoring qilish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.05.2020 yildagi 283-sonli Qaroriga asosan hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning operatsiyalari bo‘yicha monitoring o‘tkazish maqsadida bank Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi dasturidagi ma’lumotlarni shartnoma shartlariga asosan solishtirib chiqadi.

Tashqi savdo shartnomalariga qo‘llanilayotgan talablar amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishi kerak (“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2017 yildagi PF-5177-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2014 yildagi 199-sonli Qarori, “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2017 yildagi PP-3351-sonli Qarori), ularning ijrosi barcha tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga majburiydir.

Konversiya operatsiyalari

Bank birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyasini amalga oshiradi. Yuridik shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2017 yildagi PF-5177-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin.

 Xozirgi kunda “Trastbank” XABning mijozlari xorijiy valyutani konvertatsiya qilish uchun elektron tarzda Ariza berishi mumkin.

Bank mijoz korxona va tashkilotlariga xorijiy valyutani sotish, bitta xorijiy valyutani boshqasiga konversiya qilish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Hujjatli operatsiyalarni amalga oshirish

“Trastbank” XAB o‘z mijozlari va vakillik banklari manfaati uchun ularning topshirig‘iga binoan hujjatli akkreditivlar va inkasso shaklida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi.

Bankning ishonchli hamkor sifatida obro‘ga egaligi tufayli uning akkreditivlari va inkassosi dunyoning barcha yetakchi banklari tomonidan qabul qilinmoqda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda.

“Trastbank” XAB hujjatli operatsiyalarni amalga oshirishda 2007 yilgi 600-MTR nashrining hujjatli akkreditivlar uchun birxillashtirilgan qoidalariga, inkasso bo‘yicha 522-MTR birxillashtirilgan qoidalarga rioya qiladi.

Hisob-kitoblarning hujjatli shakllarini qo‘llash hisobidan operatsiyalar samaradorligini oshirish “Trastbank” XAB mijozlari va vakillik banklariga biznes bo‘yicha yangi sheriklarni jalb qilish, o‘z savdo-iqtisodiy faoliyatini kengaytirish va amalga oshirilayotgan operatsiyalar xajmini ko‘paytirish imkonini bermoqda.

Bankning professional mutaxassislari shartnomani tayyorlash bosqichida hujjatli operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitob qilishning eng samarali tuzilmasini tanlashda malakali maslahat yordamini ko‘rsatadilar.

Xalqaro to‘lovlar va vakillik munosabatlari

“Trastbank” XAB yetakchi xorijiy va mahalliy moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda, o‘z mijozlariga xalqaro hisob-kitoblar sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi, mijozlarni qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish sharoitlari bilan ta’minlaydi.

“Trastbank” XAB ATB 17ta vakillik banklar, shu jumladan Yevropaning Commerzbank AG va Raiffeisenbank International AG kabi nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatgan.

Respublikamizning muvaffaqiyatli va xorijda e’tirof etilgan xususiy banklaridan biri bo‘lgan “Trastbank” XAB, o‘z mijozlariga tashqi savdo faoliyati bo‘yicha kompleks xizmatlarni ko‘rsatayotgani, malakali maslahat berayotgani, zarurat tug‘ilganda esa, alohida hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqayotgani uning xalqaro moliya bozorida yuksak amaliy obro‘ga egaligidan dalolat beradi.

Postmoliyalashtirishli akkreditivdan foydalangan holda importni moliyalashtirish:

• moliyalashtirish summasi – jo‘natilgan tovar summasining 100 foizigacha;

• moliyalashtirish muddati – xorijiy bank eksportchiga to‘lagan sanadan boshlab 12 oygacha;

• moliyalashtirilayotgan ob’ekt – asbob-uskuna, xom-ashyo, materiallar va hokazo.

• tovar jo‘natilib, hujjatlar bankka topshirilgandan so‘ng xorijiy bank mablag‘lari hisobidan eksportchiga 100 foiz to‘lash.

• xizmat haqi muddatga, tanlangan kredit liniyasiga va bankning xarajatlariga bog‘liq.

Post-moliyalashtirish sharti bilan akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob sxemasi

Безымянный-1.jpg

1. Korrespondent bank shartnoma munosabatlari bo‘yicha barcha turdagi banklararo operatsiyalar uchun limit beradi;

2. Xaridor va sotuvchi akkreditiv ochish shartlari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzadi;

3. Xaridor sotuvchi foydasiga akkreditiv ochish uchun ariza beradi;

4. “Trastbank” XAB korrespondent bank (tasdiqlovchi bank) orqali moliyalashtirilgandan keyin (360 kungacha) akkreditiv ochadi;

5. Korrespondent bank (tasdiqlovchi bank) sotuvchi bankni sotuvchi foydasiga tasdiqlangan akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi;

6. Sotuvchi bank o‘z foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida sotuvchini xabardor qiladi (maslahat beradi);

7. Sotuvchi xaridorga tovarlarni jo‘natishni amalga oshiradi;

8. Sotuvchi o‘z bankiga (sotuvchining banki) tovar jo‘natilganligini tasdiqlovchi barcha zarur (shartnomada ko‘rsatilgan) hujjatlarni taqdim etadi;

9. Sotuvchi bank hujjatlarning to‘liq to‘plamini ijro etuvchi bankka (vakillik bankiga) yuboradi;

10. Korrespondent bank barcha hujjatlarni muvofiqligini tekshirgandan so‘ng, akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni sotuvchining bankiga o‘tkazadi va shu bilan birga, arizada ko‘rsatilgan muddat uchun tegishli ravishda “Trastbank” XAB ni xabardor qilib, keyingi moliyalashtirishni ochadi;

11.Sotuvchining banki akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni sotuvchiga o‘tkazib beradi;

12.Xaridor post-moliyalashtirish bo‘yicha “Trastbank” XAB ning oldidagi majburiyatini bajaradi;

13.Xaridor tomonidan post-moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilganidan so‘ng ”Trastbank” XAB korrespondent bankka post-moliyalashtirish bo‘yicha to‘lovlarni bajaradi.

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech