Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Rivojlanish strategiyasi

Yangilangan sana: ...

2022-2026-yillar uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish Strategiyasi.

            Rivojlanishning strategik maqsadlari:

  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro bankchilik tamoyillari talablari doirasida mustahkamlash;
  • amaliyotlar o‘tkazish orqali daromadning tavakkalchilikka aloqadorligini eng maqbul holatga yetkazish va yuqori samaradorlik darajasini saqlash qolish.
  • faoliyatning barcha sohalarida yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlar bazasini sifat va miqdor jihatidan kengaytirish, yirik omonatchilarga bog‘lanib qolish xavfini pasaytirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;
  • aktivlar sifatini yaxshilash, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni undirish, kelgusida asosiy qarzdorlik va foizlar bo‘yicha muammoli majburiyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • yangi kredit turlarini joriy qilish;
  • xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish, savdoni moliyalashtirish uchun xorijiy korrespondent-banklar taqdim etganlari bo‘yicha limitlarni o‘zlashtirish va oshirish;
  • chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha universalizatsiya tizimini joriy qilish;
  • chakana mijozlarni segmentlashtirish;
  • texnik chakana savdoni ishlab chiqish va joriy qilish;
  • transchegaraviy o‘tkazmalarni joriy qilish (mijozlar plastik kartalariga so‘m va valyutada pul o‘tkazmalarini online usullari);
  • kelgusida bank kartalari yo‘nalishida faoliyatni kengaytirish (plastik karta biznesi), turli xil plastik kartalarni chiqarish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlarini kengaytirish, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalar bo‘yicha, shuningdek to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari spektrini kengaytirish;
  • texnologiyalarni rivojlantirib va bankni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirib amaliyotlar jarayonini optimallashtirish va avtomatlashtirish, mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish shaklini rivojlantirish;
  • ISO 9001:2015 standartiga asoslangan sifat menejmenti tizimi va ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan “Korrupsiyaga qarshi tizimini qo‘llash bo‘yicha: talablari va tavsiyalari” kuzatib borish va rioya qilish;
  • Bankni aqlli daromad qilishiga rioya qilgan holda yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlarini jozibadorligini oshirish maqsadida tarif siyosatini optimallashtirish;
  • xalqaro standartlarga asosan mustaqil ekspertlar tomonidan baholangan holda baholash va bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini rivojlantirish;
  • tegishli hududlarda ishlarni tashkil qilish va moliyaviy natijalarga kompleks javob beraoladigan va kuchli hududiy filiallar tashkil etish;
  • xorijiy banklar va tashkilotlarda xodimlarni amaliyot o‘tkazishi, treninglar, iqtisodiy o‘qishlar o‘tkazishni tashkillashtirish;
  • biznes talablariga javob beradigan boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmani shakllantirish.

 

Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

 

  • kreditlash;
  • hisob-kassa xizmatlari;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat.

Xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish va innovatsion mahsulotlarni samarali joriy qilish nuqtai nazaridan kelib chiqib bank istiqbolli faoliyat turi sifatida ko‘radigan chakana biznes strategik rivojlanish yo‘nalishi hisoblanadi.

Asosiy faoliyat turi bo‘yicha Strategik maqsadlarga erishish natijasi Bankga bozorda mavqeini mustahkamlash, shuningdek kelgusida barqaror iqtisodiy rivojlanayotgan bank maqomini egallash imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech