Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  1 Aprel 2020, 17:07

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi natijasida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan korxonalar, shu jumladan turizm va xalqaro yuk tashish hamda bevosita shu bilan bog‘liq sohalar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan arizaga muvofiq, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ajratilgan kreditlarni real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Ushbu masala yuzasidan qarzdor tashkilotlar toʼgʼridan-toʼgʼri bankning xizmat koʼrsatilayotgan filiallariga murojaat qilishlari yoki onlayn arizani toʼldirib quyidagi elektron manzilga joʼnatishlari mumkin: sh.mirmuhamedov@trustbank.uz

Lizing (moliyaviy ijara) – Bank o‘z mijozining (lizing oluvchi) topshirig‘iga binoan sotuvchidan lizing shartnomasiga binoan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib sotib olishni va haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi.

Lizing ob’ektlari – tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlar, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).

Lizing muddati: 12 oydan yuqori.

Foiz stavkasi: bank bilan lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasiga asoslangan holda belgilanadi.

Izoh:

  • Lizing oluvchi lizing ob’ekti qiymatining kamida 30% miqdoridagi mablag‘i bilan ishtirok etishi.

Shartnoma tuzish uchun lizing oluvchi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi zarur:

  • Lizing olish uchun ariza;
  • Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va lizing ob’ektini etkazib beruvchi to‘g‘risida ma’lumot;
  • Butun lizing muddati davomida pul oqimlari taxminini o‘zida aks ettirgan biznes-reja
  • Xo‘jalik sub’ekti ro‘yxatdan o‘tgan soliq inspeksiyasi tasdiqlagan, oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari va ilovalari,  debitor va kreditorlik qarzlari bo‘yicha 90 kundan ortiq muddat uchun to‘liq ma’lumot.

Lizing to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun, zaruriyat tug‘ilganda, «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankka lizing ob’ektidan samarali foydalanish bo‘yicha lizing oluvchidan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilishi mumkin.

Siz Kreditlash departamentidan Bankning quyidagi telefon raqamlari orqali yanada to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin:

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 4 - 2 2 - 5 1

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6

Kreditlash departamentining telefonlari: (+ 998 71) 207-36-44 (389; 383).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech