Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Bank reytinglari

Yangilangan sana: 11 Iyun 2021, 15:13

”Trastbank” XAB uzoq va qisqa muddatli reytingi «Fitch Ratings» reyting agentligi tomonidan tasdiqlandi

2020 yil 14 dekabrda Fitch Ratings-Moskva/London reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi defolt emitentida (RDE) uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada qayta tasdiqladi.

“Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari “V” darajasining “Barqaror” prognozi bankning samarali faoliyati uning kelgusi rivojlanishida ham o‘z ifodasini topishini, bunda moliya bozorining turli segmentlarida olib borilayotgan yuqori daromadli biznes muhim omil bo‘lishini qayd etadi. Bu esa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan kreditga layoqatliligini qayd etadi.

«Trastbank» XABning barqaror istiqboli prognozi “Fitch Ratings” tomonidan kutilayotgan keyingi iqtisodiy o‘sishni aks ettirib, sanoatni rivojlantirishga va mamlakatda iste’molga sarflanadigan davlat xarajatlari bilan ta’minlanishi hamda 2021 yilda kredit berish va bank rentabelligi o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mamlakatdagi iqtisodiy sharoitlar va bank muhitining sezilarli zichligini hisobga olgan holda, «Trastbank» XABning «Barqaror» istiqbolidagi reytingini tasdiqlash - bu Bankning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi, vakolatli korporativ boshqaruvi va to‘g‘ri strategiyasining aksidir.

Qo‘shimcha ma’lumotlarn www.fitchratings.com va www.fitchratings.ru. saytlarida taqdim qilingan.

“Trastbank”ning kredit reytingi “Ahbor-Reyting” tomonidan tasdiqlandi

«Axbor-reyting» reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga 2020 yil monitoringi natijalariga ko‘ra, Bankning kredit reytingini milliy shkala bo‘yicha ilgari taqdim etilgan "uzA+" darajasida juda yuqori «Ijobiy» prognozli kredit reytingini qayta tasdiqlandi.

«uzA+» reytingi bankning kreditga layoqatlilik darajasi juda YuQORI ekanligidan dalolat beradi, bu uning faoliyatida kredit tavakkalchiligining juda past darajasini aks ettiradi. «uzA+» reytingiga ega bo‘lgan bank kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun yuqori salohiyatga ega ekanligini bildiradi.

«Trastbank» XABga berilgan reyting bankning bank bozorida o‘sib borayotgan mavqeini, yuqori obro‘sini va taniqli brendini, xatarlarni boshqarish darajasi yuqoriligini, balanslangan likvidlik pozisiyasini va kapitallashuvni, shuningdek moliyaviy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sib borishini aks ettiradi.

«Ijobiy» reyting prognozi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining bank bozorida ko‘rsatkichlarining o‘sib borayotganini, aktivlarning sifati va moliyaviy ko‘rsatkichlarining yanada yaxshilanganligini, bank bozoridagi pozisiyalarining mustahkamlanishini, kapitallashuv va Bankning daromadliligi oshganligini anglatadi.

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech