Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Rivojlanish strategiyasi

Yangilangan sana: 9 Noyabr 2022, 10:08

2019-2021 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi 

Strategik rivojlanishining maqsadlar:

 

  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalining etarligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;

  • yuqori rentabellik darajasini saqlab qolish va xatar-amaliyotlarni otkazish jarayonida daromad olishning optimal nisbatiga erishish;

  • faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar kontsentratsiyasini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;

  • aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;

  • kreditlashning yangi turlarini joriy etish;

  • xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish, xorijiy bank-korrespondentlar tomonidan savdoni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan limitlarni oshirish va rivojlantirish;

  • chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishni universallashtirish tizimini joriy etish;

  • chakana mijozlarni segmentatsiyalash;

  • chakana savdo texnikasini ishlab chiqish va joriy etish;

  • transchegaraviy o‘tkazmalarni joriy etish (mijozning valyuta va so‘m plastik kartasiga pul o‘tkazishning onlayn usullari);

  • bank kartalari (kartalik biznes) sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • mijozlarga xizmat ko‘rsatishning masofaviy shakllarini rivojlantirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyalarni rivojlantirish va bankning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish;

  • ISO 9001:2015 va xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi: qo‘llash bo‘yicha talablar va tavsiyalar”ga muvofiq menejment sifati tizimi standartlariga rioya qilish;

  • yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish maqsadida bankning oqilona daromadiga rioya etilishini hisobga olgan holda tarif siyosatini optimallashtirish;

  • bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni rivojlantirish;

  • tegishli hududlarda kuchli hududiy bo‘linmalarni yaratish va ularning moliyaviy natijalar va ishlarni tashkil etish uchun har tomonlama javobgarligi;

  • xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;

  • biznes boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini adekvat talablariga muvofiq shakillantirish.

 

Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

 

  • kreditlash;

  • hisob-kassa xizmatlari;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat.

Bank innovatsion mahsulotlarini samarali joriy etish va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish nuqtai nazaridan faoliyatning strategik yo‘nalish deb hisoblaydigan chakana biznes rivojlanishining strategik yo‘nalishi hisoblanadi;

Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech