Mikroqarzlar

Jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar vaqtincha to‘xtatildi
Mikroqarz – moliyaviy muammolarni hal qilishning zamonaviy ko‘rinishidir.
Mikroqarz - O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati hamda mikroqarz shartnomasi muddatida mikroqarz va uning foizlarini qaytarish uchun yetarli daromadga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga iste’mol ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan tovarlar, xizmatlar va boshqalar sotib olish uchun 12 oy muddatga milliy valyutada filialda ochilgan plastik karta bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
Mikroqarz haqida ma’lumot
№ |
Kredit miqdori |
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Ta’minot turi |
1 |
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha |
12 oy |
22 |
Bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha:
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 61 baravaridan 100 baravarigacha:
| ||||
2 |
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha |
24 oy |
23 |
Bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha:
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 61 baravaridan 100 baravarigacha:
|
Mikroqarz rasmiylashtirishda talab qilinadigan hujjatlar:
a) qarzdor/mijoz arizasi, ushbu arizada qarzdorning/mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yashash uchun ruxsatnomasi) seriyasi va raqami, yashash joyi, so‘ralgan mikroqarz qiymati, muddati, kafilning nomi (agar qarzdor/mijoz kafilning xodimi bo‘lsa) ko‘rsatiladi va ariza qarzdor/mijoz tomonidan sanani qayd etgan holda imzolanadi;
b) pasport (yashash uchun ruxsatnoma), aslidan nusxa olinadi va Filialning kreditlash bo‘linmasi xodimining “asliga to‘g‘ri” yozuvi va imzosi bilan tasdiqlanadi;
v) qarzdorning/mijozning ariza bergan sanasiga nisbatan so‘nggi 12 (o‘n ikki) oy davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, agar qarzdor/mijoz 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, bunda ishlagan davri davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan ta’minot turlaridan biri.
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
№ |
Bank filiallari nomlari |
Filiallardagi telefon raqamlar |
1 |
Amaliyot boshqarmasi |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4 |
2 |
«Toshkent» filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2 |
3 |
«Darxon» filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5 |
4 |
Yakkasaroy filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0 |
5 |
Andijon filiali |
( + 9 9 8 9 5 ) 2 0 2 - 0 3 - 1 0 |
6 |
Namangan filiali |
( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5 |
7 |
Samarqand filiali |
( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29 |
8 |
Termiz filiali |
( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 5 - 0 0 |
9 |
Qarshi filiali |
( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5 |
10 |
Farg‘ona filiali |
( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8 |
11 |
Jizzax filiali |
( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 – 1 6 |
Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44 ichki raqam (11368)