Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida TDIU talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

Yangilangan sana: 24 Aprel 2026, 20:13
“Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida TDIU talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi
24 Apr 2026

 Xabar berib borilayotganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabussi bilan o‘tkazilayotgan “Umumjahon pul haftaligi – 2026” tadbirlarida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol ishtirok etib kelmoqda. Hududlarda mahalla ahli, o‘quvchi-yoshlar, talabalar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Maqsad – aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.

photo_2026-04-24_17-23-21.jpg

 Bugun, 24-aprel kuni “Trastbank” XAB Bosh ofisida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir ham ana shu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro moliya” kafedrasi talabalari uchun “Smart spending” – aqlli xarajatlar va moliyaviy tafakkur” mavzusida ochiq panel muhokamasi tashkil etildi.  

photo_2026-04-24_17-23-26.jpg

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddilari, “Trastbank” XAB mas’ullari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, shuningdek, Bankning poytaxtimiz mahallalaridagi kutubxonalarida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

photo_2026-04-24_17-23-25.jpg

 Talabalar ikki guruhga bo‘linib, uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Xususan, “Smart spending”, zaxira jamg‘armasi,  oqilona xarid, xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash to‘g‘risida berilgan savollarga tezkorlik hamda zukkolik bilan javob qaytarishdi.

photo_2026-04-24_17-23-23.jpg

 Bundan tashqari, tadbirda talabalar va volontyor guruh a’zolari “Smart spending” bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.

photo_2026-04-24_17-23-27.jpg

 Hakamlar hay’ati tomonidan yoshlarning har bir shart bo‘yicha chiqishlari  baholab borildi. Natijalarga ko‘ra, do‘stlik g‘alaba qozondi.

photo_2026-04-24_17-23-26 (2).jpg

 Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo_2026-04-24_17-23-22.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech