Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB va TIU o‘rtasida Memorandum imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB va TIU o‘rtasida Memorandum imzolandi
24 Apr 2026

  Bugun, 24-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Kurganovning “Tashkent International University”ning akademik ishlar bo‘yicha prorektori A.Absalamov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda moliya muassasasi va mazkur o‘quv yurti o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma loyihalar hamda tadbirlarni tashkil etish, talabalarni amaliyotga jalb etish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

photo_2026-04-24_15-50-03.jpg

 Bundan tashqari, “Trastbank” XAB va “Tashkent International University” MCHJ o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat amaldagi o‘zaro sa’y-harakatlarni yangi boshqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

photo_2026-04-24_15-50-03 (2).jpg

photo_2026-04-24_15-50-00.jpg

 Jumladan, TIU bilan hamkorlikda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatga qaratilgan qo‘shma loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi, talabalar uchun amaliyot, stajirovka va dual taʼlim imkoniyatlari yaratiladi.

photo_2026-04-24_15-50-02.jpg

 Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion va startap loyihalarni rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatilib, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech