Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
21 May 2026

 2026-yil 21-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Z.Kurganovning Kiberxavfsizlik markazi davlat muassasasi direktori o‘rinbosari A.G‘ofurov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.photo_2026-05-21_17-00-23.jpg Unda kibertahdidlarga qarshi kurashishni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada xodimlarning bilim va ko‘nikmasini boyitish hamda aholi savodxonligini oshirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi. Shu jihatdan, hamkorlik aloqalari kengaytirilayotganligi mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.photo_2026-05-21_17-00-18.jpg Bundan tashqari, uchrashuvda “Trastbank” XAB va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, axborot va kiberxavfsizlik sohasida amaliy tajriba almashish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.photo_2026-05-21_17-00-21.jpg Qolaversa, kibertahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish, kiberxavfsizlik hodisalari to‘g‘risida o‘zaro xabardor qilish hamda kiberhujumlarga qarshi kurashish borasida hamkorlikda ish olib boriladi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 12

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech