Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank xizmatlari ofislarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 24 Noyabr 2025, 16:03
Bank xizmatlari ofislarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida seminar bo‘lib o‘tdi
24 Noy 2025

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, moliya muassasasiga tashrif buyurgan mijozlarga virtual olam firibgarlaridan ogoh bo‘lishga undovchi tarqatma materiallar taqdim etilmoqda. Qolaversa, mazkur yo‘nalishda tayyorlangan videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga erishilmoqda.
 Bundan tashqari, yaqinda “Trastbank” XAB “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Raqamli”, “Bektemir” va “Toshkent” bank xizmatlari ofislarida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Unda Bank xavfsizligi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislari tomonidan bugungi kunda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan kiberxavfsizlik bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.IMG_20251124_150826_633.jpg Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda yuborilayotgan shubhali havolalarni ochmaslik, zararli apk fayllarni yuklab olmaslik, bank kartalari ma’lumotlarini oshkor etmaslik zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, virtual makondagi faoliyat madaniyati, axborot texnologiyalari sohasiga oid jinoyatchilikning oldini olishga doir taqdimotlar qilindi.IMG_20251124_152438_126.jpg Shuningdek,ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

#trastbankuz #trustbankuz #kiberxavfsizlik #kibermadaniyatoyligi

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 14
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech