“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ma’lumotlar bazalarida amalga oshirilayotgan faoliyatlarni nazorat qilish, maxfiy va muhim ma’lumotlarning himoyasini kuchaytirish hamda ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida DAM (Database Activity Monitoring) tizimini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish maqsadida tender e’lon qiladi.
Bundan tashqari, Bankning infratuzilmasiga ulangan ishchi stansiyalar, serverlar va mobil qurilmalarni zamonaviy kiberxavflardan himoyalash, ilg‘or tahdidlarni erta aniqlash hamda ularga avtomatik javob berish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida EDR/XDR (Endpoint Detection and Response / Extended Detection and Response) yechimini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish maqsadida tender e’lon qilinadi.
Tanlov takliflari muhrlangan konvert ko‘rinishida “Trastbank” XAB Bosh ofisi binosida, Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzilida 2026-yil 28-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot va texnik talablar bo‘yicha murojaat uchun telefon:
+998 71 207-62-63 (11445).

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0



