O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR” mavzusida forum o‘tkazildi. Mazkur Forum doirasida bank tizimi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yoshlarni sohaga jalb qilishga qaratilgan “Bank sohasidagi karyera kuni” yarmarkasi tashkil etildi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ishtirok etib, moliya muassasasida ishga olishdagi asosiy mezonlar haqida ma’lumot berildi. Qolaversa, bank xizmatlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Ta’kidlash joizki, ushbu yarmarka aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, keng jamoatchilikni bank tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilishga zamin yaratganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.




