Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Bank sohasidagi karyera kuni” yarmarkasi tashkil etildi

Yangilangan sana: 24 Iyul 2026, 10:06
“Bank sohasidagi karyera kuni” yarmarkasi tashkil etildi
23 Iyul 2026

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR” mavzusida forum o‘tkazildi. 121212-6.JPG Mazkur Forum doirasida bank tizimi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yoshlarni sohaga jalb qilishga qaratilgan “Bank sohasidagi karyera kuni” yarmarkasi tashkil etildi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ishtirok etib, moliya muassasasida ishga olishdagi asosiy mezonlar haqida ma’lumot berildi. Qolaversa, bank xizmatlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar qilindi.121212-4.JPG Ta’kidlash joizki, ushbu yarmarka aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, keng jamoatchilikni bank tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilishga zamin yaratganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi. 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 12

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech