Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Zahiriddin Muhammad Bobur — jasoratli shoh va buyuk shoir

Yangilangan sana: 16 Fevral 2026, 14:06
Zahiriddin Muhammad Bobur — jasoratli shoh va buyuk shoir
14 Fev 2026

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda dunyoga kelgan. U yirik davlat arbobi bo‘lish bilan birga, Sharq adabiyoti va madaniyatida betakror iz qoldirgan buyuk shoir sifatida ham e’tirof etiladi.
 Bobur faoliyati davlat boshqaruvi, harbiy siyosat, ilm-fan va adabiyotni qamrab oladi. U adolat va taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surgan.
 Boburning jahonga mashhur merosi — “Boburnoma” asari — o‘sha davr hayoti haqida aniq tasavvur beradigan muhim manbadir. Unda Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixi, urf-odatlar, shaharlar va turmush tarzi keng yoritilgan.
 Bobur 1530-yil 26-dekabr kuni Hindistonning Agra shahrida vafot etgan. Uning nomi va merosi asrlar osha yashab, xalqimiz xotirasida doimo e’zozlanadi.|
 Bugun Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan uning hayoti va merosini o‘rganish, yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Bobur nomi tarixda ham, adabiyotda ham mangu yashaydi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech