Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida “Farg‘ona” bank xizmatlari ofisida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida  “Farg‘ona” bank xizmatlari ofisida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
16 Apr 2026

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan hududlarda “Umumjahon pul haftaligi – 2026” (“Global money week – 2026”) doirasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur jarayonlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol qatnashmoqda.photo_2026-04-16_15-31-53.jpg

photo_2026-04-16_15-31-49.jpg “Farg‘ona” bank xizmatlari ofisida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda Farg‘ona shahridagi 40-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilariga moliya muassasasi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Qolaversa, pul va moliya, kredit mahsulotlari, omonatlar hamda raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli bank, bank kartalari turlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanalgan kiberhujumlarning oldini olish to‘g‘risida so‘z yuritilib, firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun zarur tavsiyalar berildi.photo_2026-04-16_15-31-33.jpg

photo_2026-04-16_15-31-37.jpg Bundan tashqari, moliyaviy savodxonlik to‘garagi loyihasi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Smart safety” shiori ostida tanlov o‘tkazildi. Unda o‘g‘il-qizlar mazkur yo‘nalishda bilim va ko‘nikmalarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi.photo_2026-04-16_15-38-28.jpg

photo_2026-04-16_15-38-29.jpg Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.photo_2026-04-16_15-31-40.jpg Hududlarda “Umumjahon pul haftaligi – 2026” (“Global money week – 2026”) doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 9

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech