Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Zahiriddin Muhammad Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir

Yangilangan sana: 14 Fevral 2022, 16:38
Zahiriddin Muhammad Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir
14 Fev 2022

 Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda tugʻilgan. U adabiyotshunos olim, shoh va shoir sifatida munosib oʻrin egallagan davlat arboblaridan biridir.

 Bobur davlat boshqaruvi bilan bir qatorda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda ham koʻplab ishlarni amalga oshirganligi tarixdan maʼlum. Xususan, u oʻz asarlarida ham iqtisodiyotga oid maʻlumotlar, jumladan, soliq va soliq siyosati masalalariga alohida toʻxtalib oʻtgan.

 Jahonga mashhur “Boburnoma” asari ham bunga misol boʻla oladi. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalari, tarixiy shaxslari, mamlakat iqtisodiy masalalarini aks ettirgan.

 Qayd etish joizki, garchi Boburning davlat boshqaruvi va iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar boʻlmasa ham, ilmiy asoslarga koʻra, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini chuqur tushunganini anglash qiyin emas.

 Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Hindistonning Agra shahrida oʻzi bunyod etgan goʻzal maskan – Zarafshon chorbogʻida vafot etdi.

 Ulug‘ bobokalonimiz Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini amaliyotga tatbiq etish foydadan xoli emas.

 Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan, qolaversa, ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 8785
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech