“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (“Qarshi” BXO) balansidagi quyidagi mol-mulkning bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi:
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Paxtazor-1” MFY “Mustaqillik” ko‘chasi 7/4-uyda joylashgan “Savdo markazi” binosi ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
- Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari biriga a’zoligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi;
- Tashkilot ustavi barcha o‘zgarish va qo‘shimchalari bilan;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urta polisi nusxasi;
- Baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari;
- Baholash ishining bajarish muddati va xizmat narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijorat takliflarini 2026-yil 3-iyun kuni soat 15:00 ga qadar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
180106, Qarshi shahri “O‘zbekiston” ko‘chasi 1 “A”-uy.
Ma’lumot uchun telefon: +99875 227-25-25;
+99871 207-62-67.





