“Umumjahon pul haftaligi – 2025” (Global money week – 2025) doirasida “Trastbank” tomonidan “Al-Xorazmiy”, “Beltepa”, “Iyk ota” va “Majnuntol” mahallalarida tashkil etilgan kutubxonalarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi.
Moliya muassasasining mas’ul xodimlari tomonidan moliyaviy rejalashtirish, jamg‘arma va investitsiyalar, budjet tuzish va moliyaviy maqsadlarga erishish mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Qizg‘in bahs-u munozaralarga boy bo‘lgan mazkur mahorat darslarida faol ishtirok etgan yoshlar “Trastbank”ning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#Trastbank #MoliyaviySavodxonlik #GlobalMoneyWeek