Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank konvertatsiya uchun tenge va lira valyutalarini ham muomalaga kiritdi

Yangilangan sana: ...
Trastbank konvertatsiya uchun tenge va lira valyutalarini ham muomalaga kiritdi
2 Avg 2021

Shu kungacha Trastbankda AQSh dollari, Yevro, Britaniya funt sterlingi, Rossiya rubli, Xitoy yuani va Yapon iyenasi valyutalarida o‘tkazmalar hamda tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya amaliyotlarini qo‘llash mumkin edi.

Endi esa Trastbank mijozlari Turkiya va Qozog‘istondagi hamkorlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni ushbu mamlakatlar milliy valyutasida amalga oshirish imkoni yaratildi. Bank tashqi savdo shartnomalari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish hamda lira va tengeda to‘lov amaliyotini tadbiq etdi.

Valyuta liniyasining kengayishi – bank mijozlarining chet el valyutasidagi amaliyotlarni yuqori tezlik hamda ishonchli tarzda bajarishini ta’minlashga zamin yaratadi.

Trastbank XABda chet el valyutasini konvertatsiya qilish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar, jumladan, arizani topshirishdan boshlab, xorijga to‘lov qilishgacha bo‘lgan jarayon bankda shaxsan ishtirok etmasdan – masofadan, ya’ni, bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Konvertatsiya to‘g‘risida batafsil: (+998) 71-207-36-44 (ichki raqam 11 278).

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2129

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech