2025-yil 10–12-iyun kunlari Toshkent shahrida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazildi. Unda xalqaro hamjamiyat e’tiboriga energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va boshqa qator sohalarga doir investitsion loyihalar taqdim etildi. Forum doirasida investitsiya ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Ko‘rgazmada yirik mahalliy kompaniyalar xalqaro investorlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ushbu ko‘rgazmada qatnashib, o‘z loyiha va imkoniyatlarini taqdim qildi. Jumladan, innovatsion bank xizmatlari va mahsulotlari – “multibank” platformasi, “Trastpay” mobil ilovasi, ko‘p funksiyali bankomatlar, turli kredit mahsulotlari hamda lizing xizmatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ko‘rgazma davomida qator xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilib, o‘zaro tajriba almashildi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rgazma mavjud imkoniyatlarni namoyish etish va hamkorlar bilan samarali muloqot qilishga zamin yaratdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
156