Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” AQSh dollaridagi to‘lovlar uchun Shimoliy Amerikadagi yirik banklardan biri “BMO Bank” (Bank of Montreal)da vakillik hisobvarag‘ini ochdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” AQSh dollaridagi to‘lovlar uchun Shimoliy Amerikadagi yirik banklardan biri “BMO Bank” (Bank of Montreal)da vakillik hisobvarag‘ini ochdi
30 Sen 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki AQSh dollaridagi to‘lovlar uchun Shimoliy Amerikadagi yirik banklardan biri “BMO Bank” (Bank of Montreal) da vakillik hisobvarag‘ini ochdi. Bu “Trastbank” XAB va Amerikaning “OWNY INC” kompaniyasi o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bosh kelishuv bilan tasdiqlangan uch tomonlama innovatsion sxemaning joriy etilishi natijasida amalga oshirildi. 
 Ushbu amaliyot “Trastbank”ka xalqaro to‘lov imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, AQSh dollaridagi operatsiyalarni optimallashtirish hamda mijozlarga transchegaraviy amaliyotlarda tezlik va ishonchlilikni kafolatlash imkonini beradi. Shuningdek, Bankning xalqaro standartlarga toʻliq javob berishini va shaffofligini namoyon etadi. 
 1817-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Kanadadagi eng qadimgi transmilliy banklardan biri bo‘lmish “BMO Financial Group” (Bank of Montreal) tarkibiga kiradigan “BMO Bank”  konsolidatsiyalangan aktivlari hajmi 1,54 trln AQSh dollaridan oshadi. Shimoliy Amerikadagi eng yirik banklar orasida 8-o‘rinni egallaydi. AQSh bozorida BMO Bank N.A. mamlakatdagi eng yirik 15 ta tijorat banki orasida kuchli strategik mavqega ega. Ushbu moliya muassasasining yuqori darajadagi ishonchliligi yetakchi xalqaro reyting agentliklari — Fitch (AA-), Moody’s (Aa2) va S&P (A+) tomonidan tasdiqlangan. “BMO bank” xalqaro “Global Finance” nashri tomonidan Shimoliy Amerikada tranzaksion bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi tashkilot sifatida e’tirof etilgan. 
 Ma’lumot o‘rnida, “Trastbank” XAB bugungi kunda Germaniya (Commerzbank AG), Avstriya (Raiffeisen Bank International), Xitoy (Yinzhou Bank, China Zheshang Bank), Qozog‘iston (Halyk Bank) va boshqa mamlakatlardagi yetakchi xorijiy banklar bilan barqaror vakillik aloqalarini yuritib kelmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech