Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB delegatsiyasi AQShda bo‘lib o‘tayotgan “SIBOS – 2026” xalqaro moliya forumida ishtirok etmoqda

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB delegatsiyasi AQShda bo‘lib o‘tayotgan “SIBOS – 2026” xalqaro moliya forumida ishtirok etmoqda
29 Sen 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 2026-yil 28-sentabrdan 1-oktabr kuniga qadar AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “SIBOS – 2026” xalqaro moliya forumida ishtirok etmoqda.

 SIBOS – moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro forum bo‘lib, u har yili bank hamjamiyati, fintex kompaniyalari va tartibga soluvchi organlarning yetakchi vakillarini tendensiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish hamda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun birlashtiradi. Joriy yilda ham 160 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchilarni “Sun’iy intellektga asoslangan iqtisodiyotlar uchun raqamli moliya” mavzusida muhokamaga chorladi.

 “Trastbank” delegatsiyasining AQShga tashrifi muhim voqea bo‘ldi. Boisi, Bank yaqinda Shimoliy Amerikaning eng yirik moliyaviy muassasalaridan biri bo‘lgan “BMO Bank” (Bank of Montreal)da AQSh dollaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muxbir-hisob raqamini ochdi. Ushbu qadam “Trastbank” va AQShning “OWNY Inc” fintex-kompaniyasi o‘rtasida 2026-yil 20-iyulda imzolangan umumiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida rasmiylashtirilgan innovatsion uch tomonlama hamkorlik mexanizmini joriy etish natijasida amalga oshirildi.

 Forum doirasida “Trastbank” rahbariyati “BMO Bank” va “OWNY Inc” kompaniyalari yuqori bo‘g‘in rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarning asosiy maqsadi – korrespondent bank xizmatlarini joriy etish va amaliyotga tatbiq etish strategiyasini birgalikda tahlil qilish, jumladan, “Bank Gateway” platformasiga ulanish hamda xavfsiz API’larni integratsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat. Ushbu yuzma-yuz uchrashuvlar loyihani amalga oshirish jarayonini tezlashtirish hamda uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgan. Shuningdek, tomonlar hisob-kitoblarni uzluksiz boshqarish mexanizmlari, yangi AQSh dollari korrespondent hisobvarag‘i orqali to‘lovlarni yo‘naltirish hamda SWIFT tizimidagi tranzaksiya tezligini oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.

2.jpg

 AQShda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lish “Trastbank”ka dollar hisobidagi operatsiyalarni optimallashtirish, to‘lov imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi mijozlarga transchegaraviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda maksimal tezlik va ishonchlilikni kafolatlash imkonini beradi.

 Bundan tashqari, “Trastbank” rahbariyati forum doirasida AQShning eng qadimiy banki – BNY (The Bank of New York Mellon) rahbariyati bilan muhim ikki tomonlama muzokaralar olib bordi. Tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish istiqbollari hamda AQSh dollaridagi transchegaraviy kliring operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlariga urg‘u berishdi.

 Ta’kidlash joizki, mazkur yirik global tadbirda ishtirok etish “Trastbank” XABga xalqaro maydonda o‘z mavqeyini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

 Ma’lumot uchun BNY (The Bank of New York Mellon) – 1784-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQShdagi eng qadimiy bank va dunyodagi eng yirik global moliyaviy muassasalardan biri sanaladi. Bank aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarga xizmat ko‘rsatish va korporativ bank xizmatlari sohasida faoliyat yuritadi. Saqlash va boshqaruvdagi aktivlarning umumiy hajmi 62,6 trln dollarni, investitsiya boshqaruvidagi aktivlar hajmi esa 2,2 trln dollarni tashkil etadi. Bank balansida jami 472,3 mlrd dollarlik aktivlar, 44,8 mlrd dollarlik aksiyadorlar kapitali mavjud bo‘lib, 1-darajali kapital ko‘rsatkichi (Tier 1 capital ratio) taxminan 11 foizga teng. BNY yetakchi xalqaro agentliklar tomonidan yuqori investitsion darajadagi reytinglarga ega: Fitch agentligidan AA–, Moody's agentligidan Aa3 va S&P agentligidan A reytinglari (barchasi “Barqaror” prognozi bilan).

  • BMO Bank N.A. – 1817-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, eng qadimiy transmilliy banklardan biri bo‘lmish “BMO Financial Group” (Bank of Montreal) tarkibiga kiradi. Mazkur tashkilot Shimoliy Amerikadagi eng yirik banklar orasida sakkizinchi o‘rinni egallaydi, AQShdagi eng yaxshi 15 ta tijorat banki safida mustahkam strategik mavqega ega hamda 13 mlndan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi. 2026-yil o‘rtalari holatiga ko‘ra, BMO aktivlari hajmi 1,10 trln dollarni, aksiyadorlar kapitali 58,9 mlrd dollarni tashkil etadi, shuningdek, bankning “Common Equity Tier 1” (CET1) ko‘rsatkichi 13,0 foizdek yuqori darajada qayd etilgan. BMO xalqaro “Global Finance” nashri tomonidan Shimoliy Amerikada tranzaksiya banki xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi tashkilot sifatida e’tirof etilgan.
  • “OWNY Inc” – AQShda joylashgan xalqaro fintech kompaniyasi bo‘lib, u an’anaviy bank sifatida emas, balki banklarning texnologik hamkori sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya ilg‘or dasturiy platformalarni yaratish maqsadida butun dunyo bo‘ylab dasturchilar va moliyaviy muhandislarni birlashtiradi hamda transchegaraviy hisob-kitoblarni optimallashtirish, avtomatlashtirish va ularni to‘liq sikl bo‘yicha boshqarishga ixtisoslashgan. “OWNY Inc”ning asosiy qiymati uning intellektual mulki va texnologik infratuzilmasida mujassam bo‘lib, ular xarajatlarni kamaytirish, vositachilarni bartaraf etish va moliya institutlari o‘rtasidagi xalqaro operatsiyalarni tezlashtirish uchun zamonaviy raqamli yechimlardan foydalanadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech