Bildirilgan ishonch uchun minnatdormiz!
1994-yildan beri zamonaviy va qulay bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqdamiz. Har bir bosib o‘tilgan yil bu yuksalish, taraqqiyot hamda Siz, qadrli mijozlar, ishonchining ifodasidir.
Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab Amaliyot boshqarmasi va 13 ta bank xizmatlari ofisi hamda 118 ta bank xizmatlari markazi faoliyat yuritmoqda.
Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, mijozlar talablariga mos bank mahsulotlarini taklif etish va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish bizning ustuvor vazifamizdir.
Istiqbolda yangi g‘oyalar-u loyihalar va yangi marralar kutmoqda. Albatta, Siz, mijozlar ishonchini oqlab, ushbu maqsadlarga birgalikda erishamiz!
Bayram muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar va qadrli mijozlar!

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
101