Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Samarali hamkorlik va xalqaro eʼtirof! “Trastbank” XAB Jidda shahrida o‘tkazilgan xususiy sektor bo‘yicha xalqaro forumda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Yangilangan sana: 12 May 2023, 15:52
Samarali hamkorlik va xalqaro eʼtirof! “Trastbank” XAB Jidda shahrida o‘tkazilgan xususiy sektor bo‘yicha xalqaro forumda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
12 May 2023

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlar uchun yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib, xalqaro hamkorlikni kengaytirib bormoqda. Shu jumladan, “Trastbank” XAB Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligi, qolaversa, moliya muassasalari rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilganligi va bu o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini alohida taʼkidlash zarur.

2.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Islom Taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi islom korporatsiyalari bilan hamkorlikni 2018-yilda yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungi kunga qadar Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi va Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi bilan jami 64 million AQSH dollari miqdorida 6 ta kelishuv imzolangan. Ular doirasida Respublikamizdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining jami 54 ta loyihasi moliyalashtirilgan. Hozirda ham istiqbolli loyihalarni islomiy shartlar asosida moliyalashtirish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda. Albatta, bu saʼy-harakatlar hududlarda aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda xizmat qilmoqda. Xususan, yuqorida qayd etilgan loyihalar bo‘yicha xususiy sektorda qo‘shimcha 1 100 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi hamda 100 million AQSH dollaridan ziyod eksport mahsulotlari va 2 trillion so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yo‘naltirildi.

3.jpg

Bundan tashqari, Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi bilan 2019-yilda 4 million AQSH dollari, 2020-yilda 8 million AQSH dollari va 2021-yilda 15 million AQSH dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolangan. Shu o‘rinda, Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo bo‘lgan 57 ta davlatda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta biznes subyektlarining tashqi savdo faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratadi. Bugungi kunda ajratilgan mablag‘larning jami summasi 69 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.

4.jpg

2021-yil 1-sentabrda imzolangan kelishuvga asosan, “Trastbank” XAB mijozlarining xorijiy davlatlardan tovar va xom-ashyo mahsulotlarini import qilish maqsadida 12 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli loyihalar, asbob- uskunalar va maxsus texnika vositalarini sotib olish uchun 24 oygacha bo‘lgan 26 ta loyiha moliyalashtirilgan. 2023-yil 24-yanvar kuni imzolangan qo‘shimcha kelishuvga asosan 15 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish liniyasidan 2023-yil yakuniga qadar revolver moliyalashtirish liniyasi sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan. Xususan, ushbu mablag‘lar tekstil, farmatsevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish, elektromobillar savdosi va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirib kelinmoqda.

Albatta, hududlarda aholi tadbirkorligini yana-da kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasida Bank tomonidan qilinayotgan bu kabi saʼy-harakatlarni xalqaro hamkorlar ham yuqori baholamoqda. Gap shundaki, 2023-yilning 11-may kuni Saudiya Arabistoni qirolligida Islom taraqqiyot banki o‘tkazgan xususiy sektor bo‘yicha xalqaro forumda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “Trastbank” – kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor” deb eʼtirof etildi.

5.jpg

Forumda doirasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda ushbu mukofotni Islom taraqqiyot banki raisi Dr. Muhammad Sulaiman Al Jasser hamda Xalqaro islom Savdo-moliya korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Hani Salem Sonbol “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedovga topshirdi.

Forum doirasida Islom korporatsiyalari bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida “Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi o‘rtasida navbatdagi anglashuv Memorandumi imzolandi. Mazkur Memorandum moliya muassasasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘taradi. Xususan, xodimlar malakasini oshirish, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shariat shartlari asosida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

6.jpg

Shuningdek, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi Bosh amaliyot departamenti direktori Nazim Nurdali boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu jumladan, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes bo‘yicha istiqbolli loyihalarning islom tamoyillari asosida moliyalashtirilishiga doir o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga urg‘u berildi.

Muxtasar qilib aytganda, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilayotgan xususiy sektor bo‘yicha mazkur xalqaro forum samarali hamkorlik rishtalarini kengaytirishga zamin yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, “Trastbank”ning mijozlar uchun yana-da qulay va tezkor xizmatlarni taqdim etishi, islom shariati shartlari asosida kichik va o‘rta biznes vakillarining loyihalarini moliyalashtirishda, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishida munosib hissa qo‘shishida turtki bo‘ladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 516
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech