O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World savings day) haftaligi doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.
.png)

Xususan, “Trastbank” XAB Bosh ofisida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda “Canaschool” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun pul mablag‘larini jamg‘arish usullari va ularning afzalliklari, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, kibermadaniyatni shakllantirish, internet firibgarlariga aldanib qolmaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

.png)
Bundan tashqari, o‘quvchilar moliya muassasasi muzeyiga tashrib buyurib, Bankning shonli tarixi, istiqbolli faoliyat yo‘llari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.





