“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslarga iste’mol tovarlari, xizmatlar va boshqa har qanday ehtiyojlarini qondirishlari uchun mo‘ljallangan 12 oy muddatga plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan milliy valyutada ajratiladigan mikroqarz xizmatini joriy qildi.
Mikroqarz xizmati bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan xolda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan maxsus qaytarishlilik, to‘lovlilik, muddatlilik asosida beriladigan xizmat turidir.
Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan minimal ish haqining 100 baravarigacha beriladi. Mikroqarz foiz stavkasi yillik 25 foiz stavkasida amaldagi qoldig‘iga hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar uchun mikroqarzlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni saytning “Xususiy mijozlar uchun sahifasida”gi “Kreditlash” bo‘limida topishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: (+ 998 71) 140-00-88
E-mail: info@trustbank.uz
Facebook: https://www.facebook.com/trustbank.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/trustbank_uz/
Telegram kanal: t.me/trustbank_channel_1
Telegram Bot: @Trust_Bank_Bot