Koronavirus infektsiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish hamda bankka tashrif buyuruvchilar sonini kamaytirish va bank resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida, Trastbank xususiy aktsiyadorlik banki joriy yilning 31 martidan boshlab jismoniy shaxslar uchun ajratilayotgan avtokredit, mikroqarz, overdraft va isteʼmol kreditlari boʼyicha yangi arizalarni qabul qilishni vaqtincha toʼxtatilishini maʼlum qiladi.
Trastbank jamoasi oʼz mijozlaridan karantin davrida uyda qolishni va vaziyatga masʼuliyat bilan yondashishlarini soʼrab qoladi!