Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bolajonga bering dunyoni!

Yangilangan sana: 22 Avgust 2019, 14:25
Bolajonga bering dunyoni!
22 Avg 2019

Jajji bolajonning ilk bor maktabga qadam qo‘yishi, jaranglovchi birinchi qo‘ng‘iroq, ilk marotaba sovg‘a olish... bularning bari albatta jajji murg‘ak qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.

IMG_0828.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami va “Bilimlar kuni” arafasida Bosh bank va uning filiallarida faoliyat yurituvchi xodimlarining 1-sinfga ilk qadam bosayotgan jajji bolajonlari uchun bayram tadbiri uyushtirish va ularga o‘quv qurollari to‘plami bilan to‘ldirilgan sovg‘alar ulashish yaxshi an’anaga aylangan.

1.jpg

21 avgust bank xodimlari farzandlari uchun ana shunday quvonchli kun bo‘ldi. Bank binosi jajji bolajonlarning shodon kulgusi-yu, quvonchiga to‘ldi. Avvalo, bolajonlarga Amaliyot boshqarmasi xonalari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi va moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tgan holda, bank o‘zi nima ekanligi haqida ma’lumotlar berildi. Bolajonlar esa, bank haqidagi o‘z tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdilar.

IMG_0821.jpg

Shundan so‘ng, tadbirning eng qiziqarli pallasi boshlandi. Bolalarning sevimli multfilm qahramonlari “O‘rgimchak odam”, “Kapitan Amerika” va “Kapitan Marvel” tashrif buyurib, kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida bolajonlar bilan raqsga tushib, quvnoq o‘yinlar o‘ynashdi.

IMG_0813.jpg

Tadbir davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov bolajonlarni “Bilimlar kuni” va maktab ostonasiga birinchi qadam bosayotganliklari bilan muborakbod etgani holda ularga o‘quv qurollari to‘plami bilan to‘ldirilgan o‘quvchilar sumkalarini topshirdi.

Bayram tadbiri jonli va yorqin o‘tdi hamda barcha tashrif buyurganlar qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Bayram davomida bolajonlar uchun ziyofat –mevalar, shirinliklar va bolalarning sevimli sharbatlari hozirlangandi.

IMG_0870.jpg

Fursatdan foydalanib, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi O‘zbekistonimizdagi barcha maktab ostonasiga ilk qadamlarini bosayotgan bolajonlarni samimiy muborakbod etadi. O‘qish yillari qiziqarli va unutilmas bo‘lishi bilan birga, o‘quv yillari davomida yuksak cho‘qqilarni egallashlarida omad tilaydi.

IMG_0910.jpg

IMG_0920.jpg


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 616
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech