"Bankir kundaligi" ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan “Ish vaqti chellenjida” “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining “Darxon” filiali ish vaqtidan so‘ng xodimlarni majburlab ishga jalb qilinayotgani haqida tanqidiy post yozilgan.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi tomonidan mehnat qonunchiligiga bevosita rioya etish hamda ish joylarini 18.00 da tark etilishi haqida barcha filial rahbarlari ogohlantirilganligi sababli, ushbu holat yuzasidan o‘rganuv ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, “Darxon” filiali tomonidan barcha xodimlar 18.00 da o‘z ish joylarini tark etishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra xodimlar ishdan tashqari vaqtlarda, shuningdek dam olish kunlarida ishga jalb qilish xodim roziligiga ko‘ra mehnat qonunchiligi asosida, buyruq bilan amalga oshiriladi hamda o‘rnatilgan tartibda haqiqatda ishlagan vaqt uchun ikki hissa haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra shu miqdordagi qo‘shimcha dam olish (otgul) beriladi.