Hurmatli mijozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2019 yilning 5 avgustidan boshlab “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon” va Yakkasaroy filiallari kassalarida avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsat olish maqsadida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Filiallarimiz kassalari quyidagi manzilda joylashgan:
1. Amaliyot boshqarmasi - Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 7-uy;
2. “Toshkent” filiali - Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, “Ye”mavze 11a uy. (+99871) 277-06-33
3. “Darxon” filiali - Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonining G‘arb tomoni 5 "B"-uy. (+99871) 237-13-84
4. Yakkasaroy filiali - Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, O‘rikzor 3-tor ko‘chasi, 1-B uy (Mo‘ljal: sobiq Poyafzal fabrikasi). (+99871) 255-08-45




