Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 28 Avgust 2026, 18:32
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
28 Avg 2026

 Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir xonadongacha kirib bormoqda. Mahallalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jadal sur’atlardagi rivojlanishlar zamirida, avvalo, inson qadri mujassamligini ko‘rish mumkin.2.jpg

3.jpg Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya asosida hududlarda “Mustaqillik to‘yi” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.4.jpg Bugun, 28-avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida ham O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov barchani bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, qut-baraka, sihat-salomatlik va moliyaviy barqarorlik doimo hamroh bo‘lishini, qolaversa, tinch-osoyishta yurtda xalqimizga sidqidildan xizmat qilib, mijozlar ishonchini oqlashda davom etishda kuch-g‘ayrat yor bo‘lishi tiladi.5.jpg

6.jpg Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan “Trastbank”ning bir guruh xodimlari, xususan, Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlariga ushbu mukofotlar tantanali topshirildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan yurtdoshlarimiz qatorida “Trastbank”ning xodimlari ham ushbu mukofotga sazovor bo‘lgani har bir hamkasbga faxr bag‘ishlaydi.7.jpg Qayd etish joizki, hududlardagi bank xizmatlari ofislari va markazlarida faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib kelayotgan xodimlar ham ushbu esdalik nishonini qabul qilib olishdi.8.jpg Shu o‘rinda, barcha yurtdoshlarimizni eng ulug‘, eng aziz bayram – Istiqlolimizning 35 yilligi muborakbod etamiz. photo_2026-08-28_18-31-50.jpg

photo_2026-08-28_18-31-49.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 24

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech