Tanlovda ishtirok etish uchun baholovchi tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
- Baholash faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
- Baholovchilarning kasbga oid javobgarligi sug‘urtasi polisi;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
- Tashkilot ustavining (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) nusxasi;
- Ishning bajarilish muddati va taxminiy narxi ko‘rsatilgan baholash ishining tijorat taklifi;
- Litsenziyalash organi tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholash tashkiloti rahbari va baholovchilari nomiga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxasi.
Tijorat takliflarini 2020 yil 6 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 17.00 gacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7uy.
Ma’lumot uchun telefonlar:(78) 140-00-88, (95) 198-41-09.




