Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank va Yunistrim yangi imkoniyatlar

Yangilangan sana: 15 Mart 2019, 11:51
Trastbank va Yunistrim yangi imkoniyatlar
15 Mar 2019

Xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalanish bugun eng ommabop bo‘lib, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham Yunistrim pul o‘tkazmalari tizimi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda “Trastbank”ning jami 11 ta filiali respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, mini-banklari soni 70 tani, pul o‘tkazmalari shoxobchalari esa 32 tani tashkil etmoqda. “Trastbank”ning pul o‘tkazmalari shoxobchalariga tashrif buyuruvchi shaxs endilikda Yunistrim xalqaro pul o‘tkazmalarini O‘zbekiston milliy valyutasida jo‘natishi va qabul qilishi uchun imkoniyat yaratildi. Milliy valyutada amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalaridan komissiya haqi olinmaydi.

Tarmoqning kengayishi natijasida O‘zbekistonda ushbu xizmatni taqdim etuvchi shoxobchalar soni 32 tani tashkil etmoqda.

“Biz 14 yil mobaynida “Trastbank” bilan samarali hamkorlik qilamiz”, - deydi Yuristrim Boshqaruvi Raisi Nadejda Kibalnik. – Biz o‘zbek so‘mida jo‘natiladigan yoki qabul qilinadigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya haqi olmaymiz, biz mijozlarning vaqtini va pulini tejashga harakat qilamiz hamda hamkorlikda maqsadga erishamiz. Ular ikki martadan vaqt va pul sarflab konvertatsiya qilishmaydi, - dedi so‘zining yakunida Nadejda Kibalnik.

Yunistrim ikkilamchi pul o‘tkazmalariga 0 foiz tarif qo‘llaniladi. Mijoz Rossiyadan “rubl” jo‘natishi va O‘zbekistondan milliy valyuta “so‘m”da pul o‘tkazmasini qabul qilishi mumkin yoki aksincha.

“Biz mijozlarga eng qulay shart-sharoitlarni taklif qilishga intilamiz. Yunistrim pul o‘tkazmalari bilan bu yanada qulay bo‘ldi”, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov. – Bankimiz filiallari O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida, qolaversa viloyat markazlarida joylashgan bo‘lib, bu xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bilan birga, yanada qulay imkoniyatlar yaratadi, - dedi Sardor Normuxamedov.

2001 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Yunistrim xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi Rossiya va MDH mamlakatlari bozoridagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Yunistrim xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi Rossiyada ishlovchi muhojirlar orasida past tarifga ega pul o‘tkazmasi sifatida mashhur hisoblanadi hamda ular bu tizim orqali o‘z oilalariga xavfsiz va zudlik bilan pul o‘tkazmasini amalga oshirish imkoniyatlarini qadrlaydilar. Mijozlar dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 150 ming nuqtada Yunistrim xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishlari mumkin, shuningdek onlayn-uzatish tizimi bo‘lgan veb-sayt yoki mobil ilovalar orqali ham foydalanishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bilan rasmiy veb-sayt sahifasida quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://unistream.ru

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1340

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech