Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Navoiy” bank xizmatlari markazi endi yangi binoda mijozlarni qabul qiladi

Yangilangan sana: 30 Sentabr 2025, 16:45
“Navoiy” bank xizmatlari markazi endi yangi binoda mijozlarni qabul qiladi
30 Sen 2025

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 31 yillik faoliyati davomida o‘z tarmog‘ini kengaytirib, zamonaviy xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqda. Bugungi kunda Amaliyot boshqarmasi va 13 ta bank xizmatlari ofisi, 118 ta bank xizmatlari markazi bank standartlari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.photo_2025-09-30_16-27-39.jpg Ulardan biri – “Navoiy” bank xizmatlari markazi. Mazkur BXM 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kuniga yuzlab mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etmoqda. Endilikda ushbu Markazning imkoniyatlari yanada kengaydi.IMG_1024 2 2025-yil 29-sentabr kuni “Navoiy” bank xizmatlari markazi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Z.Kurganov, Navoiy shahar hokimi D.Ergashev, moliya muasassasining xodimlari va mijozlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. photo_2025-09-30_16-27-47.jpg Ta’kidlanganidek, “Trastbank” viloyatda tez va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib, navoiyliklarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda. Qolaversa, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan kredit mahsulotlari hududda aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.1W7A9520.JPG
photo_2025-09-30_16-26-16 Bundan tashqari, tadbirda “Navoiy” BXMning ushbu yangi manzili viloyatning tuman va shaharlaridan keluvchilar uchun qulay hududda, yaʼni shahar markazida joylashganligi qayd etildi. Xususan, mijozlar barcha zamonaviy bank xizmatlari, ya’ni elektron navbat, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, universal kassalar, tun-u kun ishlaydigan bankomatlardan foydalanishlari, shuningdek, turli kredit mahsulotlari, bank kartalarini rasmiylashtirishlari mumkin.
photo_2025-09-30_16-44-36.jpg
photo_2025-09-30_16-27-44.jpg

photo_2025-09-30_16-27-42.jpg Barcha navoiylik mijozlarni yangi manzilda kutib qolamiz.
 Navoiy shahri “Farovon” MFY “Mahmud Tarobiy” ko‘chasi 122/19 uy.
 Telefon: +998 79 222-06-22.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 34
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech