“Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan respublikamiz bo‘ylab 101 ta mahallada “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholining biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur yangi tizim vakillari biznes-reja tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishda hamrohlik qilish orqali aholining daromadini oshirishga ko‘maklashmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar–iyun oylari mobaynida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2 230 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 4 500 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Albatta, “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”larning ish samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Namanganda “Trastbank”ning Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ushbu tizim vakillari uchun tashkil etilgan timbilding shular jumlasidandir.
Unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, jamoaviy o‘yinlar asosida “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agent”larning vazifa va funksiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini boyitishdi. Xususan, mijoz bilan ishlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, biznes-reja tuzish to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar kiberxavfsizlik, onlayn mikroqarz, tadbikorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mikrokredit olish tartibi kabi mavzularda sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahoratini namoyish etishdi.
Shuningdek, tadbirda o‘tgan vaqt mobaynida aholi va bank o‘rtasida ishonchli ko‘prik vazifasini o‘tab, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida faol ishtirok etib kelayotgan “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agent”lar, qolaversa, kichik biznes egalari ‘Trastbank” tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
342




