Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Namangan” bank xizmatlari ofisida “Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

Yangilangan sana: 21 Aprel 2026, 16:19
“Namangan” bank xizmatlari ofisida “Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida mahorat darsi o‘tkazildi
21 Apr 2026

   Xabar berib borilayotganidek, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mamlakatimizda “Umumjahon pul haftaligi – 2026” (Global money week – 2026) tadbirlari o‘tkazilmoqda. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ushbu jarayonlarda faol bo‘lib, yoshlarning iqtisod bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

photo_2026-04-19_10-19-33.jpg

  “Namangan” bank xizmatlari ofisida Namangan shahridagi 52-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ochiq dars tashkil etildi. O‘g‘il-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirlarda pul mablag‘larini jamg‘arib borish, pul-kredit siyosati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, onlayn banking, kredit mahsulotlari, raqamli iqtisodiyot to‘g‘risida so‘z yuritildi.

photo_2026-04-19_10-20-50.jpg

 O‘quvchi-yoshlar moliya muassasasi ish jarayoni bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

 Shuningdek, faol ishtirokchilarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech