«Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi kredit axboroti subyektlarining kredit tarixi va unga oid ma’lumotlarni himoya qilinishi borasida ko'rilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadida, 2024-yilning 20-iyun sanasidan «FREEZE» xizmatini test rejimida ishga tushirganini ma’lum qiladi.
Mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) o'zlariga tegishli kredit tarixi ma'lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo'yicha) "КАТМ" Kredit byurosidan olinishini cheklab (taqiqlab) qo'yishlari mumkin bo'ladi va kredit tarixi ularning xabarisiz oʻrganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt https://portal.infokredit.uz/login orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.