Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Birja savdolari ishtirokchilari uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari borasida amaliy seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 11 May 2022, 19:02
Birja savdolari ishtirokchilari uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari borasida amaliy seminar o‘tkazildi
11 May 2022

  2022 yil 11 may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan Bank mijozlari,  Birja savdolarida ishtirok etuvchi korxona, tashkilot va brokerlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

1 (1).jpg

1 (5).jpg

 Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasining Boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari, hududiy filiallari masʼul rahbarlari, birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamda brokerlar ishtirok etdi.

1 (6).jpg

1 (13).jpg

         Amaliy seminarda Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Aksionerlik Jamiyati savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona, tashkilot va brokerlar uchun foydali hamda qulay shartlarda ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlar va brokerlarga  mo‘ljallangan biznes va avtokredit mahsulotlari hamda chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi. 

1 (4).jpg

Qolaversa, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulayligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirildi.

1 (2).jpg

1 (10).jpg

         Bundan tashqari, amaliy seminar ishtirokchilarining Bank faoliyati bilan bog‘liq savollariga “Trastbank” masʼullari tomonidan atroflicha javob berildi.

PicsArt_05-11-06.58.10.png

1 (9).jpg

         Shuningdek, Birja savdolari ishtirokchilari uchun yana-da qulay bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 865
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech