Hurmatli yurtdoshlar va qadrli mijozlar!
Siz, azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to‘yi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Bayram munosabati bilan yurtdoshlarimizga va yurtimiz mehmonlariga bank xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2026-yil 29–31-avgust va 1-sentabr kunlari soat 09:00 dan 16:00 ga qadar “Trastbank” XAB Amaliyot boshqarmasi hamda bank xizmatlari ofislari qoshidagi Valyuta ayirboshlash shoxobchalari, Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari ish faoliyatida bo‘lishini maʼlum qilamiz.
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlarimiz hamda “onlayn banking” xizmatlarini taqdim etuvchi “Trastpay” mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.
Quyida ish faoliyatida bo‘ladigan VASH va Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari jadvali ilova qilinadi.






