“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (Toşkent şahri “Navoiy” köçasi 7-uy manzilida joylaşgan) aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi bölib ötişini ma’lum qiladi.
Taşkiliy savollar:
- Aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi reglamentini tasdiqlaş.
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlaş.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi kun tartibi
2026-yil 22-dekabr soat 15: 00da
- “Trastbank” XAB tizimida islomiy bank faoliyatini yölga qöyiş töğrisida.
- “Trastbank” XAB islomiy moliya kengaşi a’zolarini saylaş töğrisida.
- “Trastbank” XAB ustaviga qöşimça va özgartirişlar kiritiş.
- Ötgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlaş töğrisida.
- Umumiy maqsadlar uçun zaxira fondini şakllantiriş töğrisida.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi 2026-yil 22-dekabr kuni Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 7-uy manzili böyiça “Trastbank” XAB binosining 5 qavatida ötkaziladi.
Röyxatga oliş soat 14:00da boşlanadi, yiğiliş boşlanişi soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi ötkazilişi töğrisida xabar yuboriş uçun aksiyadorlar reestri şakllantiriladigan sana – 2026-yil 27-noyabr.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişida iştirok etiş huquqiga 2026-yilning 16-dekabr holatiga şakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega böladi.
Aksiyadorlar, navbatdan taşqari umumiy yiğilişga taqdim etilişi lozim bölgan hujjatlar bilan Toşkent şahri, Navoiy köçasi 7-uy manzilida tanişişlari mumkin.
Aksiyadorlar özlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişida qatnaşiş huquqini beruvçi, amaldagi qonunçilikda belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan işonçnoma bilan qatnaşişlari talab etiladi.
Qöşimça ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olişingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
www.trastbank.uz E-mail: info@trustbank.uz
Bank Kuzatuv Kengaşi



