2026-yil 13-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda “Bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari uchun ESG asoslari” mavzusida intensiv o‘quv kursi o‘z ishini boshlagan edi.
Besh kun davom etgan ushbu o‘quv kursida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvning (ESG) asosiy jihatlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Qolaversa, barqaror moliyalashtirish, “yashil” iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda korporativ mas’uliyatni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarga urg‘u berildi.
Bugun, 20-aprel kuni mazkur o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.






