Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 14 Iyun 2024, 18:22
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
14 Iyun 2024

2024-yil 14-iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni “Trastbank” XAB Kuzatuv Kengashi Raisi Tohir Sharipov olib bordi.R2Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Trastbank” XABning 2023-yil faoliyati yakunlari va 2024-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Bank Boshqaruvi Raisi S.Normuxamedov axborot berdi.R3Ta’kidlanganidek, joriy yilda Bank o‘zining 30 yillik yubileyini nishonlayotganligi zamirida uning moliya bozorida o‘z o‘rnini egallab, mijozlar ishonchini qozongani mujassamdir. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 13 ta bank xizmatlari ofisi, 354 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasida mijozlar uchun barcha turdagi bank xizmatlari va mahsulotlari ko‘rsatib kelinmoqda. O‘z o‘rnida, 2023-yil “Trastbank” uchun ko‘plab imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Xususan, aktivlar hajmi 9371,8 mlrd so‘mga, kredit portfeli esa 4822,6 mlrd so‘mga yetdi. Umumiy kapital 495,4 mlrd so‘mga yoki 1,3 barobarga oshib, 2043,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, mustaqil ekspertlarning maʼlumotlari bankning muvaffaqiyatli rivojlanish dinamikasini yaqqol koʻrsatib turibdi. Ya’ni “Axbor Rating” reyting agentligining oʻtgan yilgi natijalariga koʻra, banklar orasida “Trastbank” sof foyda, investitsiya portfeli va aktivlar rentabelligi boʻyicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, 2023-yil 11-may kuni Saudiya Arabistoni Qirolligida Islom taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forumda “Trastbank” Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “Kichik va o‘rta biznes yo‘nalishidagi eng yaxshi hamkor” sifatida e’tirof etildi.

R4

Yana bir jihat. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning IV choragida “Trastbank” XAB mamlakatimizdagi 17 ta yirik banklar orasida eng yuqori faollikni ko‘rsatib, ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bank o‘z faoliyatini to‘rtta asosiy ko‘rsatkich, ya’ni moliyaviy vositachilik, qulaylik, boshqaruv sifati va likvidlik bo‘yicha yaxshiladi.
2023-yilda bank rivojlanishining eng jadal yo‘nalishlaridan biri bu jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘ldi. Ya’ni qo‘shimcha ofislar, bank xizmatlari markazlari, kassalar, bankomatlar va ma’lumot kiosklarining keng tarmog‘i, tashkil etilgan mijozlar bazasi, keng turdagi mahsulotlar, amaliyotda ilg‘or texnologiyalardan foydalanilganligi Bankning moliya bozorida chakana savdo segmentidagi ulushini kengaytirishini ta’minladi.
Hisobotda 2024-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, asosiy rivojlanish strategiyalari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Xususan, joriy yilda bankning kapitallashuv darajasini oshirish, likvidlik va barqarorlik bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash nazarda tutilgan. Qolaversa, faoliyatning barcha sohalarida yuridik va jismoniy mijozlar bazasini sifat va miqdor jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilarga konsentratsiyani kamaytirish, aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun, shu jumladan, “Trastpay” mobil ilovasi orqali taqdim etiladigan yangi kredit mahsulotlarini joriy etish, “Trast lizing” va “Trast Muamalat” sho‘ba korxonalari faoliyatini takomillashtirish kabi qator vazifalar belgilab olingan.
Yig‘ilishda Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish, qolaversa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi, Kuzatuv Kengashi to‘g‘risidagi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomlarni yangi tahrirda tasdiqlashga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi. Qolaversa, Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish va kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama markazida bo‘ldi.

R5Yig‘ilishda moliya muassasasining Boshqaruviga mijozlar sonini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish, onlayn bank xizmatlari turini kengaytirish hamda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga qat’iy amal qilish borasida tizimli ishlarni tashkil etish kabi vazifalar qo‘yildi.
Shuningdek, yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1076

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech