“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yuridik shaxslar uchun tadbirkorligini rivojlantirish borasida yana bir muhim tashabbus bildirmoqda.
Xo‘sh, islom moliyaviy xizmatining o‘zi nima? Uning tartib-taomili, qoidalari qanday? U oddiy moliya tizimidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? savollarga javob olish maqsadida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Loyihalarni xorijiy kredit missiyalari hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Karimovga murojaat qildik.
– Islomiy moliyalashtirish o‘zi nima?
– Islom moliyasining o‘z talablari bor. Uning asosiy tamoyillaridan biri ribo (foiz) hamda g‘arar (tavakkalchilik)ning taqiqlanishidir. Sodda qilib aytganda, islom moliyasi islom dini talablari doirasida faoliyat yuritiladigan moliya tizimi hisoblanadi. 2021 yilda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Islom korporatsiyasi o‘rtasida 10 000 000 AQSH dollari miqdorida kelishuv shartnomasi imzolangan, uning doirasida, xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida loyihalarni moliyalashtiriladi.
– “Trastbank”da “Islomiy moliyalashtirish xizmati” qanday maqsadda va qancha muddatga beriladi?
– Xususiy sektorlarni rivojlantirish bo‘yicha islom korparatsiyasi (ICD) resurslari hisobidan asbob uskunalar sotib olish uchun 3 yilga bo‘lgan muddatga loyihalarni moliyalashtiradi.
– Ustama haqi qancha?
– Yillik 11-12 foiz bank marjasi bilan birga.
– Imtiyozli ham taqdim etiladimi?
– Ha, 6 oy muddatgacha imtiyoz davr qilib beriladi.
– Loyiha necha pulgacha moliyalashtiriladi?
– Loyihani moliyalash minimal summasi 350 AQSH dollarini, maksimal summsasi esa, 5 000 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
– Moliyalashtirish qanday holatda so‘ndiriladi?
– Choraklik to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.
– Ushbu xizmatning qo‘shimcha shartlari haqida maʼlumot bera olasizmi?
– ustav kapitalida davlat ulushi 49foizdan oshmagan bo‘lishi,
– xodimlar soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi,
– taʼsischilar orasida xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasiga aʼzo davlatlardan bo‘lgan investorlar ko‘pgina ovozga ega bo‘lishi zarur,
– Eng muhimi, faoliyatida shariat meyorlarini buzmasligi talab etiladi.