Qurilish-pudrat tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi uchun kredit
Kredit summasi |
Bankning bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak |
Kredit maqsadi |
Qurilish-pudrat tashkilotlari ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalar va qurilish uchun boshqa harajatlarga |
Kreditlash manbai |
Bankning o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan jalb qilingan mablag‘lari hisobidan “Yangi O‘zbekiston" massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun (xom-ashyo va material, shuningdek boshqa tovar-moddiy boyliklar) |
Kredit muddati |
Bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda - 36 oydan oshmagan muddatgacha, shu jumladan aylanma mablag‘lar (xom-ashyo va materialar) uchun 24 oygacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan jalb qilingan mablag‘lari hisobidan ajratilganda – 18 oydan oshmagan muddatgacha |
Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr muddati |
Bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda -12 oydan oshmasligi lozim. Mamlakatning davlat strategik dasturlariga kiruvchi korxonalariga imtiyozli davr Bankning Kredit siyosatiga binoan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan jalb qilingan mablag‘lari hisobidan ajratilganda - 1 yildan (12 oydan) oshmagan muddatgacha |
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada |
Ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi |
Bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda – loyiha muddati va boshqa omillardan kelib chiqib belgilanadi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan jalb qilingan mablag‘lari hisobidan ajratilganda - Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz miqdorida |
Investitsion loyihada qarzdorning ulushi |
Loyiha umumiy qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayonnoma-topshiriqlari bilan amalga oshiriladigan alohida yirik loyihalar bundan mustasno). |
Qurilish-pudrat tashkilotlariga asosiy talablar |
- Qurilish-pudrat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi electron reytingda “AAA”, “AA”, “A”, “BBB”, “BB”, “B”, “CCC”, "CC", "C" turdagi toifalardan biriga ega bo‘lishi; - reyting bahosi “C” bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlariga besh qavatdan yuqori bo‘lmagan, “CC” bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlariga – to‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lmagan uy-joylarni qurish uchun kredit ajratiladi; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘grisida” qarori biulan tasdiqlangan Yagona ma’muriy qurilish reglamentlarida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilishilishi lozim. |
Qurilish-pudrat tashkilotlariga moliyaviy holatiga talablar |
- moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha zararsiz ishlayotgan bo‘lishi (bundа sо'ngi moliyaviy yil va sо‘ngi chorak uсhun buxgalteriya balansi hisoboti inоbаtgа olinadi); - amaldagi kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi; - asosiy depozit hisobvarag‘ida 2-son kartoteka mavjud bo‘lmasligi |
Loyiha ta’minoti |
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, bankning ichki normativ hujjatlariga zid bo‘lmagan, bankni qoniqtiradigan taʼminot, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 apreldagi PF-70-son Farmоniga binoan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining kafilligi asosida |