Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Korporativ mijozlar uchun faktoring xizmati

Yangilangan sana: 11 Iyun 2025, 16:10

“Faktoring xizmatlari” mahsuloti to‘g‘risida ma’lumot

Faktoring xizmatidan foydalanuvchilar

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, bankda talab qilib olingungacha depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan xo‘jalik subyektlari

Faktoring xizmati taqdim etish valyutasi

Milliy valyutada va xorijiy valyutada

Faktoring muddati

Milliy valyutada 90 kungacha, xorijiy valyutada 180 kungacha

Faktoring maqsadi

Yetkazib berilgan tovar/mahsulotlar bo‘yicha debitorlik qarzdorligini sotib olish uchun

Diskont summasi

3 foizdan 8 foizgacha

Faktoring turi

ochiq/yopiq

Moliyalashtirish manbai

Bankning o‘z hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan

Faktoring xizmati taqdim etilmaydigan holatlar

 * byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo‘yicha; jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha;

 * to‘lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha;

* sud tomonidan qobiliyatsiz deb e’lon qilingan korxonalarga;

* kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha;

 *kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha;

 *to‘lovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko‘rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin emas.

Sotuvchi/mijozga hamda xaridor/mijozga qo'yiladigan talablar

a) Faktoring xizmati taqdim etilayotgan davrda “Trastbank” XAB tizimida sotuvchining/mijozning hisobraqami bo‘lishi lozim, xaridorning/mijozning hisobraqami ochiq turdagi faktoring xizmati taqdim etilganda Trastbank” XAB tizimida mavjud bo‘lishi talab etiladi.

b) 2-sonli kartotekada qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim;

d) boshqa banklarda muddati o‘tgan kreditlari (lizing, kafolat, kafillik) mavjud bo‘lmasligi lozim;

e) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari nolikvidlik balans va so‘ngi moliyaviy hisobotlari zarar bilan yakunlangan bo‘lmasligi hamda taqsimlanmagan foydasi ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim (bunda Davlat Soliq idorasiga topshirilgan oxirgi yillik balansi avtomat tarzda yuklab olinadi va tahlil qilinadi);

f) kredit byurosi va/yoki boshqa manbalar ma’lumotiga ko‘ra murojaat sanasidan so‘nggi 12 oy davomida kredit va unga tenglashtirilgan boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar 3 va undan ko‘p marta oydan-oyga o‘tgan bo‘lsa va uzluksiz 90 kunga kechiktirilgan taqdirda faktoring xizmati taqdim etilmaydi;
g)muddati o'tgan kreditorlik qarzini mavjud bo'lmasligi;

Refaktoring xizmati ko'rsatish shartlari

a) sotuvchi/mijoz tomonidan boshqa tijorat banklari va mikromoliya korxonalari orqali amalga oshirilgan faktoring operatsiyasini yakunlash istagi bo‘lganda, faktor sotib olingan pul talabnomalarini sotuvchi/mijoz faktoring shartnomasini tuzgan tijorat banklari va mikromoliya korxonalariga sotish;
b) sotuvchining/mijozning roziligi bilan debitorlik qarzini boshqa shaxslarga sotish.

Talab etiladigan hujjatlar

a) faktoring xizmatidan foydalanish uchun sotuvchidan/mijozdan ariza. Sotuvchi/mijoz arizasini bankka taqdim etadi yoki bank xizmatlari ofisining ma’sul xodimi tomonidan faktoring elektron platforma orqali ham taqdim etish mumkin;

b) Elektron faktoring platformada to‘lanishi lozim bo‘lgan hisobvaraq-fakturasi (bunda to‘lov muddati o‘tmagan bo‘lishi lozim) aks ettirilishi lozim;

d) taʼsis hujjatlari nusxasi (ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma, agar litsenziya talab qilinadigan faoliyati turi bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa – maʼmuriy idoradan olingan litsenziya), yakka tartibdagi tadbirkor uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish guvohnomasi nusxasi. Bunda, muddati o‘tgan barcha hujjatlar yangilanishi yoki muddati uzaytirilishi kerak.

e) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl bo‘yicha hisobot) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl bo‘yicha hisobot) nusxalari (soliq hisoboti qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma) (bunda Davlat Soliq idorasiga topshirilgan ohirgi yillik balansi avtomat tarzda yuklab olinadi va tahlil qilinadi);

Qoshimcha talablar

Agar faktoring to‘lovlari belgilangan muddatda to‘lanmasa, mijoz bankka kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,1% miqdorida penya to‘laydi (ammo, jami penya miqdori kechiktirilgan to‘lov summasining 50% dan oshmasligi lozim). Ushbu band faktoring shartnomasida aks ettirilishi lozim.

Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta kredit muddatiga rasmiylashtiriladi. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda maksimal xarajat aks ettiriladi.
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mustaqil ravishda to‘ldirilishi mumkin. Garov mulkini baxolash xarajati o‘rtacha 3,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.
Notarial idora tomonidan, belgilangan miqdorlarda davlat boji to‘lanadi. Garov shartnomasini notarial rasmiylashtirish xarajati o‘rtacha 1,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.


«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech