Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida

Yangilangan sana: 15 Fevral 2024, 12:02

 2024-yil 7-mart kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

 Yig‘ilishning tashkiliy masalalari:

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

 Yig‘ilish kun tartibi:

  1. O‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani taqsimlash to‘g‘risida.

 O‘tkazish vaqti: 2024-yil 7-mart kuni, soat 15:00.

 “Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 7-mart kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzili bo‘yicha “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.

  Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.

  Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2024-yil 13-fevral.

 “Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida 2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra shakllantiriladigan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

 Bank aksiyadorlari, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.

 Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

 Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda olishingiz mumkin:

 (78)140-00-88, (71) 207-62-12.

 Veb-sayt: www.trustbank.uz

 E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kuzatuv Kengashi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech